Qorong‘i rejim
Jamiyat

“Zamin Quriliş” işiga Prokuratura aralaşdi

Akmal Eshonxonov38 ko'rishlar
“Zamin Quriliş” işiga Prokuratura aralaşdi

“Zamin Quriliş” bilan boğliq nizo yuzasidan fuqarolarning eʼtiroz va murojaatlari davom etmoqda. Kredit qarzdorligi uçun garovga qöyilgan köçmas mulk obyektlarining huquqiy maqomi va kadastr hujjatlaridagi tafovutlar yuzasidan savollar köpaymoqda.

Mazkur holat böyiça Toşkent şahar prokuraturasi fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining 2025-yil 31-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan taftiş tartibida protest kiritgan edi.

Nizo “BROCCOLI PLUS” MÇJ, “ELITE CITY” MÇJ va boşqa javobgarlar bilan boğliq. Işda “Mikrokreditbank” oldidagi 74 milliard sömdan ortiq kredit qarzdorligini garovga qöyilgan mol-mulklar hisobidan undiriş masalasi körib çiqilmoqda.

Prokuror protesti asosida Toşkent şahar sudida birinçi sud majlisi bölib ötdi. Unda sudga taqdim etilgan ekspertiza xulosasi muhokama qilindi. Xulosada garovga qöyilgan obyektlarning kadastr raqamlari va hujjatlardagi ayrim maʼlumotlar örtasida tafovutlar borligi qayd etilgan.

Bu holat fuqarolarda qöşimça savollar paydo qildi. Sudya ularga prokuraturaga murojaat qilib, qayta ekspertiza tayinlaş masalasi böyiça sudga iltimosnoma kiritiş imkoniyatini körib çiqişni tavsiya etdi. Sud majlisi 18-dekabrga qoldirildi.

Majlisdan söng fuqarolar Toşkent şahar prokuraturasiga borib, masʼullar bilan uçraşdi. Suhbatda işning keyingi jarayoni, garovdagi obyektlar va auksion masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.

Şundan keyin fuqarolar Toşkent şahar prokurori vazifasini bajaruvçi Anvar Urmanov bilan ham uçraşdi.

Uçraşuvda mazkur masalani ijobiy hal etiş böyiça vaʼda berildi. Effect.uz nizo yuzasidan sud jarayoni va keyingi voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Zamin Quriliş” işiga Prokuratura aralaşdi | Effect.uz