Özbekiston va Afğoniston örtasidagi hamkorlik iqtisodiy loyihalar bilangina çeklanmayapti. Afğonistonning Balx viloyatida mahalliy aholi uçun taʼlim, diniy va ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaşga qaratilgan qator işlar amalga oşirildi.

Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-yanvardagi 36-son qarori ijrosi doirasida «Uzbek Overseas Geology Company» MÇJ Afğonistonda geologiya-qidiruv işlari va investitsiya loyihalarini amalga oşirmoqda.
Jumladan, uglevodorod, mis va temir konlarini geologik örganiş va özlaştiriş, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ehtiyojlari uçun rux rudasini kafolatli yetkazib beriş, şuningdek, Afğoniston oq marmarini Termiz iqtisodiy zonasida çuqur qayta işlaş yönalişlarida hamkorlik olib borilmoqda.

Bu işlar bilan bir qatorda, Balx viloyatining çekka hududlarida aholi uçun muhim ijtimoiy obyektlarni taʼmirlaş va zarur infratuzilmani yaxşilaşga ham eʼtibor qaratilgan.
Viloyat hokimligi taklifi asosida «Uzbek Overseas Geology Company» tomonidan «Markaziy öğil bolalar litseyi» hamda «Aşraf ul-ilm» madrasa-masjidi binolari taʼmirlanib, zamonaviy talablarga moslaştirilgan.

Şuningdek, aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida suv quduqlari qazilib, foydalanişga topşirilgan. Obyektlar atrofida obodonlaştiriş va xayriya işlari ham amalga oşirilgan.

Rasmiy oçiliş marosimida taʼmirlangan binolar va yaratilgan şaroitlar foydalanişga topşirildi. Maʼlum qilinişiça, amalga oşirilgan işlar natijasida 1 mingdan ortiq mahalliy aholi va öquvçilar uçun xavfsiz va qulay şaroitlar yaratilgan.
Taşkilot maʼlumotiga köra, bunday taşabbuslar ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş bilan birga, Özbekiston va Afğoniston xalqlari örtasidagi döstlik va özaro işonçni mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.




