Qorong‘i rejim
Jamiyat

«E-auksion» va tadbirkorlar eʼtirozi: PF–95 hamma uçun bir xil, lekin nega uning taʼsiri aynan Navoiyda mojaroga aylandi? Normat Tursunovga 4 muhim savol

Akmal Eshonxonov19 ko'rishlar
«E-auksion» va tadbirkorlar eʼtirozi: PF–95 hamma uçun bir xil, lekin nega uning taʼsiri aynan Navoiyda mojaroga aylandi? Normat Tursunovga 4 muhim savol

Navoiy savdo kompleksida amaldagi ijara şartnomalari yakunlangaç, “E-auksion”ga ötiş masalasi: tadbirkorlarni nima xavotirga solmoqda?

1-noyabr kuni Navoiy savdo kompleksi tadbirkorlari EFFECT.UZ orqali öz muammosini oçiq aytgan edi: «Dökonlarimiz özimizda qolsin». Oradan qariyb bir oy ötdi. Bugun EFFECT.UZ jamoasi yana Navoiyda. Tadbirkorlar özgariş kutayotgan edi. Ammo bugun ularga kutilgan yeçim emas, yangi tartib tuşuntirildi.

Bozor va soliq masʼullari Prezidentning PF–95-son farmonining 8-bandini asos qilib, amaldagi ijara şartnomalari muddati tugagaç, 2027-yil 1-yanvardan savdo dökonlarini «E-auksion» orqali ijaraga beriş tartibi qöllanişini tuşuntirdi. Tadbirkorlar esa bunga keskin norozi.

Savol şuki: Prezident farmoni respublika uçun umumiy talab belgilagan bölsa, nega aynan Navoiyda bu masala bunday keskin qarşilikka sabab bölmoqda?

Bir oy oldin boşlangan masala bugun yana kun tartibida

EFFECT.UZ Navoiy savdo kompleksida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning murojaatini yoritgan edi. Ular dökonlarining taqdiri, iş joyi va daromad manbasini saqlab qoliş masalasidan xavotir bildirgan.

Oradan qariyb bir oy ötib, tahririyat jamoasi voqea joyiga yana bordi. Bugungi uçraşuvda tadbirkorlarga yangi tartib tuşuntirildi. Yaʼni mavjud ijara şartnomalari öz muddati doirasida amal qilişi, keyin esa yangi ijara munosabatlarini «E-auksion» orqali taşkil etiş tartibi qöllanişi aytildi. Bu tuşuntiriş tadbirkorlarni qoniqtirmadi. Aksinça, ularning eʼtirozi yanada kuçaydi.

PF–95ning 8-bandi nimani belgilaydi?

PF–95-son Prezident farmonining 8-bandida 2026-yil 1-iyuldan boşlab davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan dehqon bozorlari va savdo komplekslari balansidagi noturar joy obyektlarini ijaraga beriş «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali amalga oşirilişi belgilangan.

Muhim jihati şundaki, mazkur talab Navoiy viloyati uçun alohida belgilanmagan. U respublika böyiça belgilangan umumiy tartibdir.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligining oçiq maʼlumotlarida «Navoiy savdo kompleksi» AJda davlat uluşi 76 foizdan yuqori ekani körsatiladi. Şu maʼnoda mazkur kompleks PF–95ning 8-bandida nazarda tutilgan mezonga mos keladi.

Masala amaldagi şartnomalarni muddatidan oldin bekor qilişda emas

Tahririyat örgangan ijara şartnomalaridan birida 2026-yil 5-yanvardan 31-dekabrgaça amal qiliş muddati belgilangan. Hujjatda dökon maydoni, ijara haqi, tölov muddatlari, tomonlarning majburiyatlari va şartnomani bekor qiliş tartibi körsatilgan.

Tahririyat xavfsizlik nuqtai nazaridan mazkur şartnomaning kimga tegişli ekanini oçiqlamaydi. Hujjatdagi şaxsiy maʼlumotlar ham oşkor etilmaydi. U faqat Navoiy savdo kompleksidagi amaldagi ijara munosabatlarining umumiy xususiyatlarini tuşuniş uçun örganildi.

Demak, gap amaldagi şartnomalarni muddatidan oldin bekor qiliş haqida emas. Ularning muddati tugagaç, yangi ijara munosabatlarini qanday tartibda taşkil etiş haqida ketmoqda.

Tadbirkorlarni nima xavotirga solmoqda?

Tadbirkorlarning asosiy eʼtirozi, avvalo, «E-auksion»ning özi mavjudligiga emas, balki yangi tartibdan keyin özlari işlab turgan dökonlarni saqlab qoliş kafolatiga borib taqalmoqda.

Yillar davomida bir joyda işlagan tadbirkor uçun dökon şunçaki ijara obyekti emas. Uning mijozlari, tovar aylanmasi, savdo infratuzilmasi va biznes modeli şu joy bilan boğlangan. Ayrim tadbirkorlar dökonlariga taʼmir va jihozlaş uçun mablağ sarflaganini ham taʼkidlamoqda.

Şu sababli ularni qiziqtirayotgan asosiy savol: yangi auksionda boşqa iştirokçi ğolib çiqsa, hozirgi ijaraçining taqdiri qanday böladi?

Nega aynan Navoiyda bunday keskin eʼtiroz?

PF–95 respublika uçun umumiy talab belgilagan. Tahririyatning örganişlariga köra, boşqa hududlarda ham davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan bozor va savdo komplekslari mavjud. Biroq aynan Navoiy savdo kompleksidagi kabi tadbirkorlarning keskin va ommaviy eʼtirozi boşqa hududlarda kuzatilmagan.

Bu holatning sababini ham oçiş kerak. Nega bir xil talab turli hududlarda turliça qabul qilinmoqda? Boşqa hududlarda amaliyot qanday yölga qöyilgan? Navoiyda esa tadbirkorlarning eʼtiroziga sabab bölayotgan qöşimça omillar bormi?

Bu savollarga javob beriş uçun faqat mahalliy masʼullarning tuşuntirişi bilan çeklanib qoliş yetarli emas. Masala respublika darajasidagi vakolatli idoralardan ham aniqlaştirişni talab qiladi.

Hokimlikning rasmiy munosabati: masala örganilayotgan edi

Tadbirkorlarning noroziligi jamoatçilik eʼtiboriga çiqqanidan söng, Navoiy şahar hokimligi ham rasmiy munosabat bildirgan. Hokimlik munosabatida tadbirkorlarning «Navoiy savdo kompleksi» hududidagi noturarjoy obyektlarini elektron savdolar orqali ijaraga beriş tartibidan norozi ekani qayd etilgan. Şuningdek, tadbirkorlar tomonidan ijara munosabatlarini töğridan-töğri şartnoma asosida rasmiylaştiriş talabi qöyilayotgani oçiq aytilgan.

Hokimlik vakillari iştirokida tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazilib, ularning murojaat va takliflari eşitilgan. Rasmiy munosabatda masalani çuqur örganiş, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda bildirilgan takliflarni belgilangan tartibda körib çiqiş zarurligi taʼkidlangan. Eng muhimi, hokimlik öşa paytda masala böyiça «tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda işlar olib borilayotgani» va maqbul yeçimlar körib çiqilayotganini bildirgan.

Biroq rasmiy munosabatda tadbirkorlar talabi qanoatlantirilgani yoki ular bilan töğridan-töğri şartnoma tuziş böyiça qaror qabul qilingani aytilmagan. Aksinça, hokimlikning özi uşbu munosabat talabning qabul qilingani yoki qanoatlantirilganini anglatmasligini alohida qayd etgan.

Şuningdek, hokimlik «masalaning yakuniy natijalari yuzasidan jamoatçilikka qöşimça maʼlumot beriladi», deb maʼlum qilgan. Endi esa savol boşqaça qöyilmoqda: oradan vaqt ötib, masalani örganiş natijasida qanday qarorga kelindi?

Çunki 28-noyabr kuni tadbirkorlar bilan bölgan muloqotda ular kutganidek töğridan-töğri ijara masalasida yeçim eʼlon qilinmadi. Aksinça, amaldagi şartnomalar muddati tugagaç, qonunçilik talablaridan kelib çiqib, «E-auksion» tartibi qöllanilişi tuşuntirildi.

Demak, avvalgi rasmiy munosabatda «masala örganilmoqda» deyilgan bölsa, bugungi holatda jamoatçilik uçun asosiy savol — öşa örganiş qanday natija bergani va tadbirkorlarning takliflari böyiça qanday amaliy qaror qabul qilinganidir.

Bugungi tuşuntirişdan keyin oçiq qolgan savollar

2027-yil 1-yanvardan qaysi dökonlar «E-auksion»ga çiqariladi: barçasi yoki muayyan qismi?

Amaldagi ijaraçilar yangi auksionda iştirok etişida qandaydir ustuvorlik yoki maxsus mexanizm böladimi?

Auksionda boşqa şaxs ğolib çiqsa, avvalgi tadbirkorning dökonga qilgan taʼmir va jihozlaş xarajatlari qanday hisobga olinadi?

Dökonlarning boşlanğiç ijara narxi kim tomonidan va qanday tartibda belgilanadi?

Auksionga çiqarişdan oldin tadbirkorlarga qanday rasmiy xabar beriladi?

Bugungi tuşuntirişlardan taşqari, mazkur jarayon böyiça qanday rasmiy hujjatlar qabul qilingan?

Boşqa viloyatlardagi davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan savdo komplekslarida PF–95ning 8-bandi qanday amalga oşirilmoqda?

EFFECT.UZ Normat Tursunovga savol yöllaydi:

Hurmatli viloyat hokimi Normat Tursunov! «Navoiy savdo kompleksi»da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan boğliq vaziyat yuzasidan quyidagi savollarga oydinlik kiritişingizni söraymiz:

1. Navoiy şahar hokimligi avvalroq tadbirkorlarning murojaat va takliflari örganilayotgani, maqbul yeçimlar körib çiqilayotganini maʼlum qilgan edi. Uşbu örganiş qanday natija berdi va viloyat hokimligi tomonidan qanday qaror qabul qilindi?

2. Amaldagi ijara şartnomalari 2026-yil 31-dekabrda yakunlanişi va keyin E-auksion tartibi qöllanilişi tuşuntirilmoqda. Şu jarayonda hozirgi ijaraçilarning öz dökonlarini saqlab qolişi uçun qanday qonuniy imkoniyat yoki mexanizm mavjud?

3. Tadbirkorlar yillar davomida öz dökonlariga taʼmir, jihozlaş va boşqa sarmoyalar kiritganini bildirmoqda. Agar ular E-auksion natijasida dökonini boşqa iştirokçiga boy bersa, uşbu sarmoya va qilingan xarajatlarning taqdiri qanday böladi?

4. PF–95 respublika böyiça umumiy talab belgilagan. Nega uning Navoiydagi qöllanilişi tadbirkorlarning bunday keskin noroziligiga sabab böldi va viloyat hokimligi uşbu vaziyatni yumşatiş uçun qanday amaliy yeçim taklif qilmoqda?

EFFECT.UZ Normat Tursunovning uşbu savollarga munosabatini jamoatçilikka yetkazişga tayyor.

EFFECT.UZ pozitsiyasi

EFFECT.UZ PF–95ning öziga yoki «E-auksion» tartibiga qarşi pozitsiyani ilgari surmayapti. Farmonda belgilangan talabning mazmuni oçiq.

Biroq har qanday yangi tartib amaldagi tadbirkorlar uçun nimani anglatişi oçiq va tuşunarli bölişi kerak. Ayniqsa, yillar davomida bir joyda işlab kelgan tadbirkorlar yangi tartibda öz biznesini qanday davom ettirişi masalasiga aniq javob berilişi muhim.

Şuning uçun savol: «Auksion böladimi?» emas. Savol — «Auksion qanday ötkaziladi, kimning huquq va manfaatlari qanday hisobga olinadi va nega bu jarayon aynan Navoiyda tadbirkorlarning keskin eʼtiroziga sabab bölmoqda?»

EFFECT.UZ bu masalani kuzatişda davom etadi. Tahririyat tadbirkorlarning pozitsiyasi bilan birga Navoiy şahar hokimligi, «Navoiy savdo kompleksi», soliq organlari, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va boşqa vakolatli taşkilotlarning rasmiy munosabatini ham örganadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«E-auksion» va tadbirkorlar eʼtirozi: PF–95 hamma uçun bir xil, lekin nega uning taʼsiri aynan Navoiyda mojaroga aylandi? Normat Tursunovga 4 muhim savol | Effect.uz