2026-yil 1-dekabrdan 21-son jazoni ijro etiş koloniyasi va 42-son manzil-koloniyada «Ona va bola markazi» maxsus davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati yölga qöyiladi.
Prezidentning 12-noyabrdagi PQ–395-son qaroriga muvofiq, markazlarda 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun keçayu kunduz işlaydigan guruhlar taşkil etiladi. Ularda bolalarning yaşaşi, tarbiyalanişi, ovqatlanişi va tibbiy xizmatdan foydalanişi uçun şaroit yaratiladi.
Şuningdek, bolalar oziq-ovqat va kiyim-keçak bilan taʼminlanadi, emlanadi hamda tibbiy körikdan ötkaziladi. Ona va bola uçun yaratilgan şaroitlar har çorakda monitoring qilinadi.




