Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent viloyati soliq boşqarmasining 38 yoşli xodimi qölga olindi. U Nurafşon şahridagi 3,5 gektar yer maydonida joylaşgan, qurilişi tugallanmagan sexni yuridik şaxsdan xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni vaʼda qilgan.
Içki işlar vazirligi maʼlumotiga köra, soliq xodimi uşbu hududda quriliş işlarini amalga oşiriş uçun 34 ta davlat idorasidan ruxsatnoma olib berişini ham bildirgan. Bu xizmatlari evaziga u 1 million 50 ming dollar talab qilgan.
U Mirzo Uluğbek tumanida xaridor bilan uçraşib, oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi (pora berişga dalolat qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.




