Toşkent şahar prokuraturasi Broccoli Plus MÇJ bilan boğliq fuqarolik işi böyiça sud qarorlariga nisbatan taftiş protesti kiritdi. Prokuratura garov mulkining haqqoniy va xolis baholanişi, zarur hollarda qöşimça yoki qayta ekspertiza tayinlanişi lozimligini bildirgan.
Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan 2026-yil 4-noyabr kuni 2-1004-2506/89285-sonli fuqarolik işi böyiça taftiş protesti kiritilgan. Protest Toşkent şahar sudining fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan 2026-yil 10-avgustda çiqarilgan ajrimga nisbatan berilgan.
Işda «BROCCOLI PLUS» MÇJ, «ELITE CITY» MÇJ va Nasulloyev S...ning «Mikrokreditbank» ATBga nisbatan talabi körib çiqilgan.
Sud hujjatlarida bank foydasiga jami 74 milliard 578 million 298 ming 369 söm kredit qarzdorligi va qarzdorlikni undiriş maqsadida garovga qöyilgan mol-mulkka undiruv qaratiş masalasi körsatilgan.
BIROQ ASOSIY MASALA — GAROV MULKINING QIYMATI
Prokuratura protestiga köra, «BROCCOLI PLUS» MÇJga tegişli Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, «Örta Masjid» MFY, Oxangrabo köçasi, 107-B-uy manzilida joylaşgan mol-mulk avval 65 milliard 342 million so'mga baholangan.
Biroq keyinçalik sud tomonidan tayinlangan ekspertiza natijasida mazkur obyektning bozor qiymati 172 milliard 171 million 651 ming söm deb aniqlangan.
Şu bilan birga, «Orient Valuation Group» MÇJning 2026-yil 23-iyuldagi baholaş hisobotida uşbu obyektning bozor qiymati 70 milliard 660 million 535 ming söm deb körsatilgan.
Şunday qilib, bitta garov obyekti böyiça hujjatlarda turli qiymatlar aks etgan:
65,342 mlrd söm — avvalgi baholaş;
70,660 mlrd söm — «Orient Valuation Group» bahosi;
172,171 mlrd söm — sud ekspertizasi xulosasidagi qiymat.
Aynan şu tafovut prokuratura protestining muhim nuqtalaridan biriga aylangan.
PROKURATURA NIMANI SÖRAMOQDA?
Toşkent şahar prokuraturasi suddan garov mulkining haqqoniy va xolis baholanişini taʼminlaş maqsadida qöşimça yoki qayta ekspertiza ötkaziş masalasini hal etişni söragan.
Şuningdek, sud hujjatlarining ijrosini iş taftiş instansiyasida körib çiqilişiga qadar töxtatiş masalasi ham qöyilgan. Protestda garov mulkini realizatsiya qilişda uning haqiqiy qiymatini aniqlaş muhimligiga ham eʼtibor qaratilgan. Bu esa işdagi eng muhim savolni örtaga çiqaradi:
Nega bir obyektning qiymati turli baholaşlarda 65 milliard sömdan 172 milliard sömgaça farq qilmoqda?
Ayniqsa, gap 74,5 milliard sömdan ortiq kredit qarzdorligini qoplaş uçun garov mulkiga undiruv qaratiş haqida ketayotgan bir vaziyatda, uning real bozor qiymatini aniqlaş kreditor va qarzdorning huquqlari uçun birdek muhim.
ENDI NIMA BÖLADI?
Prokuratura protesti sudda körib çiqilişi kerak. Unda keltirilgan dalillarga köra, garov mulkining bahosi masalasiga qayta huquqiy baho beriş va zarur hollarda ekspertiza ötkaziş masalasi kötarilgan.
EFFECT.UZ mazkur işni kuzatişda davom etadi. Çunki bu işda gap faqat kredit qarzdorligi haqida emas. Gap katta qiymatdagi garov mulkining haqiqiy bahosi, uning qanday tartibda realizatsiya qilinişi va bu jarayonda barça taraflarning huquqlari qay darajada taʼminlanişi haqida ketmoqda.




