Bir qator mahorat markazi pedagog xodimlari attestatsiya natijasida işdan böşatilgan. Bunga Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 17-oktyabrdagi 336-sonli buyruği bilan tasdiqlangan davlat röyxatidan ötkazilmagan va rasman eʼlon qilinmagan Nizomi asos qilingan. Mazkur holat yuzasidan ikki yil davomida sudlaşdik. Lekin birorta sud Nizomning qonuniyligini mohiyatan tekşirmadi.
Şuning uçun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildik. Uşbu maqolada bu holat qanday yuzaga kelganini va nima uçun u faqat bir fuqaroning şaxsiy işi emasligini tuşuntiraman.
Ikki yönaliş, bitta natija
Nizomni ikki yöl bilan sudga çiqardik. Fuqarolik işida işga tiklanişni, maʼmuriy işda esa Nizomni haqiqiy emas deb topişni söradik. Ikkala yölda ham barça instansiyalar rad javobini berdi.

Şu tariqa, ikkala iş böyiça ham sudda himoyalanişning barça vositalaridan foydalanib bölindi.
Tahlil: yopiq doira qanday vujudga keldi
Muammoning mohiyati şuki, bitta hujjatga ikki sud ikki xil baho berdi. Fuqarolik sudlari Nizomni işdan böşatişga qonuniy asos deb qabul qildi. Maʼmuriy sud esa uni «normativ hujjat emas» deb tekşirişdan boş tortdi.
Nizom — umummajburiy hujjat. U butun respublikadagi mahorat markazlari pedagoglariga nisbatan baholaş tartibi, mezonlari va oqibatlarini belgilaydi. Bunday hujjat «şaxsiy tusdagi» yoki «bir marta qöllanadigan» hujjat emas. «Normativ-huquqiy hujjatlar tögrisida»gi Qonunning 17-moddasiga köra, nizom ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Oliy sud mezonni tan oldi, lekin xulosa çiqarmadi. 2026-yil 18-sentyabrdagi javobda fuqarolar huquqiga daxldor hujjat davlat röyxatidan ötmasa kuçga kirmasligi tan olingan (469-son qaror talabi). Nizom pedagog xodimlarning mehnat huquqiga bevosita daxl qildi. Mantiqan olganda, u röyxatdan ötmagani uçun yuridik kuçga ega emas va işdan böşatişga asos böla olmaydi.
Qonunbuzarlik himoya qilmaslikka asos böldi. Vazirlik Nizomni röyxatdan ötkazmagani — men şikoyat qilayotgan qonunbuzarlikning özi. Sud esa aynan şu holatni hujjatni tekşirmaslik uçun sabab qilib körsatdi. Natijada hujjat ham qöllanaveradi, ham sud nazoratidan çetda qoladi.
Himoyaning boşqa yöli ham körsatilmadi. Agar Nizom rostdan ham yakka tartibdagi hujjat bölsa, uni oddiy maʼmuriy tartibda tekşiriş mumkin edi. Biroq sud bu yölni ham körsatmadi.
Noaniqlik inson zarariga talqin qilindi. Qonunning 18-moddasiga köra, inson va davlat organi örtasidagi har qanday ziddiyat inson foydasiga talqin qilinadi. Mening işimda esa har gal aksinça böldi.
Konstitutsiyaviy suddan nima söradim?
Konstitutsiyaviy şikoyat faqat muayyan işda qöllanilgan qonun ustidan beriladi. Şuning uçun men Nizomning özini emas, sudlar qöllagan qonun normalariga amaliyotda berilgan mazmunni etiroz qildim.

Maʼmuriy sud işlarini yuritiş tögrisidagi kodeksning 27- va 30-moddalari. Amaliyotda ular şunday talqin qilinmoqda: vazirlik hujjatni röyxatdan ötkazmasa, uni sudda etiroz qilib bölmaydi. Menimça bu Konstitutsiyaning 55-moddasidagi sud himoyasi huquqiga va 19-moddadagi qonun oldida tenglikka zid. Sud himoyasi davlat organining öz majburiyatini bajargan-bajarmaganiga boğliq bölmasligi kerak.
Mehnat kodeksining 161-moddasi. Amaliyotda xodimning lavozimga mos emasligi eʼlon qilinmagan hujjat asosidagi baholaş bilan aniqlanişi mumkin deb talqin qilinmoqda. Menimça bu Konstitutsiyaning 42-moddasidagi mehnat qiliş huquqiga zid. Fuqaro huquqiga doir hujjatni rasmiy eʼlon qiliş uni qöllaşning majburiy şartidir. Bu talabga Oliy sud Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 16-son qarorida ham eʼtibor qaratilgan.
Murojaatda bu ikki talqinni Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topiş söralgan. Şuningdek, normalarning konstitutsiyaviy mazmunini aniqlaş va çiqarilgan sud hujjatlarini qayta köriş lozimligini körsatiş söralgan.
Xulosa: bu faqat birgina fuqaroning işi emas
Agar vazirlik hujjatni röyxatdan ötkazmasdan qöllasa va şu sababli u sudda tekşirilmasa, istalgan idora şu yöl bilan sud nazoratidan çetda qolişi mumkin. Bu Nizom butun respublikadagi mahorat markazlari pedagoglariga nisbatan qöllanadi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori bitta pedagogning taqdirini hal qilibgina qolmaydi. U fuqaro idoraviy hujjat ustidan qaysi sudga va qaysi tartibda şikoyat qilişi mumkinligini ham aniqlab beradi. Huquqiy davlatda sud tekşirmaydigan hujjat bölmasligi lozim.
Advokat: Mavlyanov Şavkat




