Markaziy bank xodimlarga iş haqi, mukofot puli va boşqa tölovlarni iş beruvçiga xizmat körsatuvçi bankdan qatʼi nazar, özlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonga ötkaziş imkoniyatini yaratmoqda.
Buning uçun Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimi işlab çiqilmoqda. Uning birinçi versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan.
Yangi tartib xodimlarga iş haqi oliş uçun alohida karta oçmasdan, özlarida mavjud kartadan foydalaniş imkonini beradi.
Xodim tanlagan karta yoki elektron hamyon rekvizitlarini iş beruvçining buxgalteriyasiga taqdim etadi. Tizimda alohida röyxatdan ötiş talab qilinmaydi. Bunda karta yoki elektron hamyon xodimning öz nomiga rasmiylaştirilgan bölişi şart. Zarur hollarda rekvizitlarni keyinçalik özgartiriş ham mumkin.
Tölovlar taşkilot tomonidan yagona reyestr orqali öz bankiga yuboriladi. Tizim esa mablağlarni xodimlar tanlagan banklar böyiça taqsimlaydi.
Markaziy bank maʼlum qilişiça, maʼlumotlar himoyalangan bank tarmoği orqali uzatiladi, reyestrlar esa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Rekvizitlarda xato aniqlangan taqdirda, reyestr tuzatiş uçun qaytariladi.




