Toşkent şahrida erkak özining ikki nafar voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda gumonlanib, qamoqqa olindi. Hozirda holat yuzasidan tergovga oid protsessual harakatlar davom etmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent şahar boşqarmasi maʼlum qilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro J.N. turmuş örtoği M.A. ikki nafar qizi — 2014-yilda tuğilgan M.Ş. va 2021-yilda tuğilgan M.E.ga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgani haqida videomurojaat tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan protsessual harakatlar olib borilmoqda. Zöravonlikda gumonlanayotgan şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Şuningdek, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari oilaga psixologik va huquqiy yordam körsatişni taklif qilgan. Biroq murojaatçi ayol bolalarning holati va oilaviy vaziyatdan kelib çiqib, hozirça bu xizmatlardan foydalanişni ixtiyoriy ravişda rad etgan.




