Jamiyat

“Xalqning qarğişidan qörqamiz” – Marat Hamdamov tilga olgan Jasur Azizovning otasi murojaat bilan çiqdi

Akmal Eshonxonov19 ko'rishlar

Imaratʼmi Imtiyazʼmi? Sönggi kunlarda Imarat Development brendi atrofida tarqalayotgan videolar va turli xabarlar jamoatçilikda jiddiy xavotir uyğotmoqda. Ayniqsa, uy-joy uçun mablağ tölagan fuqarolar qurilişlar taqdiri haqida javob kutayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa vaziyatga turliça baho berilmoqda. Ayrimlar uylar belgilangan muddatlarda bitmasligi, Marat Hamdamovning qayerdaligi va kompaniyaning keyingi taqdiri haqida savollar bermoqda.

Xöş, voqealarning ikkinçi tomonida nima bor?

EFFECT.UZ mojaroli videolar ortidagi vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida sobiq Imarat Development, hozirda Imtiyaz Group faoliyati bilan boğliq ofisga bordi.

Ofisda Marat Hamdamov körinmadi. Biroq loyihalarga investitsiya kiritiş va quriliş jarayonlariga masʼul ekanini bildirgan Imtiyaz Group vakillari bilan muloqot qilindi.

Şuningdek, Marat Hamdamovning murojaatida nomi tilga olingan Jasur Azizovning otasi Dilşod Azizov ham öğli nomidan munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim talqinlar voqeaning asl mohiyatini aks ettirmayotganini taʼkidladi.

Uning aytişiça, odamlarning uy-joy böyiça xavotirlarini tuşuniş mumkin. Şu bilan birga, uylar belgilangan muddatlarda topşirilişi va kompaniyadan norozi bölgan fuqarolarning xavotiri bartaraf etilişiga işonç bildirdi.

Dilşod aka Marat Hamdamov bilan yuzaga kelgan tuşunmovçiliklarni özaro hal qiliş mumkinligini aytdi. Şuningdek, uning taʼkidlaşiça, Jasur Azizov tomonidan Marat Hamdamovga tahdid yoki bosim ötkazilmagan.

«Öğlimga bu kabi tarbiya bermaganman. Sizlar ham otasiz-onasiz, turli miş-mişlarga işonmasliklaringizni istayman. Xalqning qarğişiga qolib ketişdan qörqamiz. Uylaringizni albatta qurib bitkazamiz», — deydi Jasur Azizovning otasi Dilşod Azizov.

Ayni paytda jamoatçilik uçun asosiy masala bitta — uy-joy uçun mablağ tölagan fuqarolar öz xonadonlarini qaçon oladi?

EFFECT.UZ uşbu masalada kompaniya vakillari, fuqarolar hamda boşqa tomonlarning pozitsiyalarini örganişda davom etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Xalqning qarğişidan qörqamiz” – Marat Hamdamov tilga olgan Jasur Azizovning otasi murojaat bilan çiqdi | Effect.uz