O'zbekiston

«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak» – IIVdagi qabul tafsilotlari

Akmal Eshonxonov12 ko'rishlar
«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak» – IIVdagi qabul tafsilotlari

Içki işlar vazirining navbatdagi sayyor qabulida mamlakatning deyarli barça hududlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari körib çiqildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bölsa, qöşimça örganiş talab etgan murojaatlar masʼullarga ijro uçun berildi.

Qabul Toşkent şahridagi majmuada ötkazilib, Toşkent şahri va viloyati aholisi uçun soat 18:00 gaça davom etdi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va boşqa viloyatlar aholisi murojaatlari esa soat 18:00 dan 22:00 gaça videokonferensaloqa orqali qabul qilindi.

Murojaatlar mazmuni turliça. Fuqarolar içki işlar organlariga işga kiriş, xizmatga tiklaniş, xodimlarning xatti-harakatlari, tergov jarayonlari va boşqa masalalar böyiça murojaat qildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar ötkazilib, ularning muammolari örganildi. Qöşimça muddat talab qiladigan holatlar ijroga qabul qilinib, masʼullarga aniq vazifalar belgilandi. Ayrim murojaatlar böyiça esa huquqiy tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, vazir örinbosarlari va sohaviy xizmatlar rahbarlari tomonidan alohida qabullar taşkil etildi.

Qabulda iştirok etgan ayrim fuqarolar muammolariga yeçim izlanayotgani va masʼullar tomonidan murojaatlari eşitilayotganini taʼkidladi.

«Tez vaqtda masalamni hal qilib berişdi», — deydi murojaatçilardan biri.

Yana bir fuqaro esa qabuldagi oçiq muloqot va masʼul taşkilotlar rahbarlarining murojaatlarni bevosita eşitayotganini ijobiy baholadi.

Qabulning ikkinçi qismida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar aholisi uçun videokonferensaloqa orqali muloqotlar davom ettirildi. Hududiy içki işlar organlarida yaratilgan şaroitlar orqali fuqarolar öz murojaatlarini onlayn yöllaş imkoniga ega böldi.

Murojaatlar yuzasidan tegişli masʼullarga ularni belgilangan muddatlarda hal etiş böyiça körsatmalar berildi.

Aslida, bunday qabullarning ahamiyati ham şunda — fuqaroning muammosi eşitilişi, uning murojaati eʼtiborsiz qolmasligi va qonun doirasida yeçim topişi.

Zero, davlat rahbari taʼkidlaganidek:

«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak».

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak» – IIVdagi qabul tafsilotlari | Effect.uz