OAV va ijtimoiy tarmoqlarda «Turonbank» boşqaruvi raisi Çori Mirzayev qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Şundan söng bank jamoasi va kuzatuv kengaşi alohida rasmiy bayonotlar bilan çiqdi. Biroq ularda rahbarning qölga olingani haqidagi xabarlar oçiq rad etilmadi.
Bank jamoasi öz bayonotida muassasa faoliyati belgilangan tartibda davom etayotganini maʼlum qildi. Qayd etilişiça, bank xizmatlari markazlari, ofislar va raqamli platformalar orqali mijozlarga xizmat körsatiş davom etmoqda. Şuningdek, bankning omonatçilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari öz kuçida qoladi.
Bank kuzatuv kengaşi esa yuzaga kelgan vaziyatni örganayotgani, uning bank faoliyatiga ehtimoliy taʼsirini baholayotgani hamda vakolatli organlar bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan.
Hozirça bankning rasmiy bayonotlarida Çori Mirzayevning qamoqqa olingani yoki uşbu xabarlarning tasdiqlangani haqida aniq maʼlumot berilmagan.




