Qorong‘i rejim
Özbekiston

«Özbekfilm» milliy kino brendini yaratiş qöllab-quvvatlanadi

Akmal Eshonxonov22 ko'rishlar
«Özbekfilm» milliy kino brendini yaratiş qöllab-quvvatlanadi

Kinematografiya sohasiga zamonaviy boşqaruv usullari joriy etiladi. Şuningdek, «Özbekfilm» milliy kino brendini yaratiş va ommalaştiriş çoralari belgilandi. Bu haqda Prezidentning 2026-yil 21-noyabrdagi PF–250-son farmonida nazarda tutilgan.

Farmonga köra, sohada takrorlanuvçi vakolatlar maqbullaştirilib, milliy kinoindustriyani bosqiçma-bosqiç iqtisodiyotning muhim tarmoğiga aylantiriş maqsad qilingan. Şuningdek, kino loyihalarini moliyalaştiriş, işlab çiqariş va mualliflik huquqini taʼminlaş tizimini rivojlantiriş közda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, Madaniyat vazirligi muassisligida «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi. «Qoraqalpoqfilm» davlat muassasasi negizida esa Milliy kinokompaniya hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muassisligida «Qoraqalpoqfilm» masʼuliyati çeklangan jamiyati tuziladi.

Şuningdek, Fanlar akademiyasi Sanʼatşunoslik instituti va bir guruh kinoijodkorlar iştirokida Kinoşunoslar klubi taşkil etiladi.

Özbekiston kino arboblari ijodiy uyuşmasi hamda Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmasi qöşib yuboriş yöli bilan Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi.

Bundan taşqari, Toşkent şahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi yölga qöyiladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Özbekfilm» milliy kino brendini yaratiş qöllab-quvvatlanadi | Effect.uz