Özbekistonda 294 mingdan ortiq köçmas mulk obyektiga nisbatan mulk va ijara huquqi rasman eʼtirof etildi. Şuningdek, 35,5 mingdan ziyod yangi aniqlangan yer uçastkasi auksionga çiqarildi. Bu haqda Kadastr agentligi maʼlum qildi.
Agentlik maʼlumotlariga köra, mamlakatda 1 328 234 ta köçmas mulkka bölgan huquq davlat röyxatidan ötkazilgan, 885 671 ta obyektning kadastr pasporti şakllantirilgan. «UZKAD» tizimida esa 42 409 355 gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratilgan.
Sohani raqamlaştiriş doirasida 8 087 712 ta arxiv hujjati elektron şaklga ötkazilgan. Natijada davlat xizmatlarini körsatişda rad etiş holatlari 2,1 barobarga kamaygan.
Şuningdek, ÖRQ-937-sonli qonun doirasida 1 870 437 ta köçmas mulk obyekti xatlovdan ötkazilib, ularning 1 814 650 tasi «UZKAD» tizimiga kiritilgan. Respublika böyiça 767 ta mahallada xatlov işlari töliq yakunlangan.
«EʼTIROF» avtomatlaştirilgan axborot tizimiga 1 107 973 ta obyekt kiritilgan bölib, şundan 294 398 tasiga mulk va ijara huquqi töliq eʼtirof etilgan.
Bundan taşqari, «YERELEKTRON» tizimiga 71 048 ta yangi aniqlangan yer uçastkasi kiritilib, ularning 35 582 tasi auksionga çiqarilgan. «Köp kvartirali uylar reyestri» tizimida esa 1 226 ta köp qavatli uydagi 83 450 ta kvartira raqamlaştirilgan.
Agentlik maʼlum qilişiça, Davlat xizmatlari markazlarida taşkil etilgan 206 ta «Kadastr maslahat burçagi» orqali 91 032 ta murojaat joyida ijobiy hal etilgan.




