“Hududiy elektr tarmoqlari” maʼlum qilişiça, elektr energiyasi uçun tölovni bölib amalga oşiriş imkoniyati barça korxonalarga emas, belgilangan talablarga javob beradigan isteʼmolçilarga taqdim etiladi.
Buning uçun korxonada masofadan boşqariladigan elektr hisoblagiç örnatilgan bölişi, elektr energiyasi uçun qarzdorlik va foydalaniş qoidalarini buziş holatlari mavjud bölmasligi kerak. Şuningdek, sönggi ikki oyda tölovni keçiktirgan korxonalar ham uşbu imkoniyatdan foydalana olmaydi.
Talablarga javob beradigan korxonalar oylik elektr tölovining 15 foizini oy boşida, qolgan qismini esa oy davomida bölib tölaşi mumkin. Bu imkoniyat avtomatik tarzda taqdim etiladi, alohida murojaat qiliş talab etilmaydi.
Kompaniya tizimni işga tuşiriş uçun texnik işlar yakunlanganini bildirgan. Şunga qaramay, belgilangan talablarga javob bersa-da, uşbu imkoniyatdan foydalana olmayotgan tadbirkorlar “Hududiy elektr tarmoqlari”ga murojaat qilişi mumkin.




