Qorong‘i rejim
Jamiyat

Toşkentda içimlik suvi apparatlaridan pul öğirlagan olti nafar yoş uşlandi

Akmal Eshonxonov19 ko'rishlar
Toşkentda içimlik suvi apparatlaridan pul öğirlagan olti nafar yoş uşlandi

Toşkentning Uçtepa va Yunusobod tumanlarida köçalarga örnatilgan filtrlangan içimlik suvi tarqatiş apparatlarini buzib, içidagi pullarni öğirlaganlikda gumonlanayotgan olti nafar fuqaro qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum şaxslarning öğrilik sodir etayotgani aks etgan videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bölgan. Şahar IIBB uşbu tasvirlarni örganib, voqeaga aloqador şaxslarni aniqlagan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2004-yilda tuğilgan R.A., 2007-yilda tuğilgan I.S. va M.N., 2008-yilda tuğilgan A.Q., 2010-yilda tuğilgan N.Ğ. hamda 2011-yilda tuğilgan R.O. uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda gumonlanuvçilarning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekşirilmoqda. Tergov yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda içimlik suvi apparatlaridan pul öğirlagan olti nafar yoş uşlandi | Effect.uz