2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida davlat taşkilotlarida ötkazilgan xizmat tekşiruvlari natijasida 1 ming 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi maʼlum qildi.
Agentlik maʼlumotiga köra, 10 oy davomida davlat taşkilotlarida jami 5 ming 368 ta xizmat tekşiruvi ötkazilgan. Ularning natijasida 594 ta jinoiy, 160 ta maʼmuriy va 4 ming 604 ta intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.
Şuningdek, hisobot davrida 18 ming 970 ta ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvining oldi olingan, mavjud bölgan 1 ming 689 ta holat bartaraf etilgan.
Davlat xaridlarida esa umumiy qiymati 297,4 milliard söm bölgan 114 ta xarid böyiça manfaatlar töqnaşuvi va affillanganlik bilan boğliq qonunbuzilişlar aniqlanib, bartaraf etilgan.
Agentlik qayd etişiça, beşta vazirlik va taşkilotda ötkazilayotgan huquqiy eksperiment doirasida Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida 247 milliard söm tejab qolingan. Quriliş sohasida elektron tenderlar hisobiga qariyb 1,5 trillion söm iqtisod qilingan.




