Qorong‘i rejim
Jamiyat

Paşşadan fil yasaldimi? Yangihayotda MIB va IIB mojarosi: bir voqeaning ikki talqini

Akmal Eshonxonov84 ko'rishlar

Bir xonadon. 7 million 407 ming sömlik qarz. Majburiy ijro byurosi xodimlari va profilaktika inspektorlari örtasidagi tortişuv. Oradan bir neça hafta ötib esa — jinoyat işi, qamoq ehtiyot çorasi va yana bir kundan keyin ozodlik.

Yangihayot tumanidagi uşbu voqea turli talqinlarga sabab bölmoqda. Eng muhimi, işda bir-biridan farq qiladigan ikki pozitsiya bor.

Voqea 2026-yil 3-oktyabr kuni sodir bölgan. Uç nafar MIB davlat ijroçisi fuqaro M.A.dan 7 million 407 ming söm qarzni undiriş uçun uning xonadoniga borgan. Iş materiallariga köra, eşik oçilmagan. Xonadonda bölgan ayol esa 102 raqamiga qönğiroq qilib, eşik majburan oçilayotgani haqida xabar bergan.

Şundan söng profilaktika inspektori Ya.R. va yana ikki nafar içki işlar xodimi voqea joyiga kelgan. Ana şu yerda MIB va IIB xodimlari örtasida tortişuv yuzaga kelgan.

Tergov materiallarida IIB xodimlari ikki nafar MIB davlat ijroçisiga nisbatan jismoniy kuç işlatgani, ularning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilgani hamda ularni xizmat avtomaşinasida Yangihayot tumani IIB binosiga olib borgani qayd etilgan. Sud-tibbiy ekspertizasida esa ikki nafar MIB xodimida yengil tan jarohatlari aniqlangan.

Biroq profilaktika inspektorining himoyasi voqeani boşqaça talqin qilmoqda. Advokatning aytişiça, inspektorlar 102 raqamiga kelib tuşgan murojaat böyiça voqea joyiga borgan. Ular xonadonga majburan kirişga yöl qöymagan. Xonadonda bölgan ayol esa öşa vaqtda yoş bolasi bilan yolğiz bölgani va qarzdor uşbu uyda yaşamasligini bildirgan.

12-noyabr kuni Ya.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari asosida gumonlov eʼlon qilinib, sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Biroq 13-noyabr kuni jinoyat işi harakatdan tugatilib, Ya.R. ozod qilingani maʼlum böldi. Şu bilan birga, holat yuzasidan maʼmuriy iş qözğatilgani haqida xabarlar ham tarqaldi.

Voqea jamoatçilik eʼtiboridan ham çetda qolmadi. Siyosatçi va jamoatçilik vakili Rasul Kuşerbayev profilaktika inspektorlari — Ya.R. va Q.H.ni qöllab-quvvatlab, ularning pozitsiyasini ham eşitiş zarurligini taʼkidladi. Keyingi munosabatida esa voqeani «paşşadan fil yasalişi»ga öxşatdi.

Biroq bu — Rasul Kuşerbayevning şaxsiy pozitsiyasi. Uni iş böyiça sud tomonidan tasdiqlangan xulosa sifatida qabul qilib bölmaydi.

Xöş, aslida nima bölgan?

Bu savolga bir tomonning bayonoti bilan javob beriş qiyin. MIB xodimlari va tergov materiallarida keltirilgan holatlar bilan bir qatorda profilaktika inspektori, uning himoyasi, xonadonda bölgan ayol, mahalla raisi va boşqa guvohlarning körsatmalari ham xolis örganilişi kerak.

Çunki bu holatga huquqiy baho berişda asosiy mezon — kimning gapi taʼsirliroq ekani emas. Voqea qanday hujjatlaştirilgani, qanday dalillar mavjudligi va jinoyat işini tugatiş haqidagi qaror nimalarga asoslangani muhim.

Şu sababli hozirça «paşşadan fil yasaldimi?» yoki aksinça, voqeaga jiddiy huquqbuzarlik sifatida baho beriş kerakmi — degan savol oçiq qolmoqda.

EFFECT.UZ uşbu holat böyiça tomonlarning pozitsiyalari va mavjud hujjatlarni örganişda davom etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Paşşadan fil yasaldimi? Yangihayotda MIB va IIB mojarosi: bir voqeaning ikki talqini | Effect.uz