Surxondaryo viloyatida Qozoğiston fuqarosi boşqaruvidagi yuk maşinasidan 1 tonna 245,5 kilogramm sirka kislotasi angidridi topildi. Mazkur modda yuk hujjatlarida körsatilmagan.
Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, DXXning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda Qozoğistondan Tojikistonga Özbekiston hududi orqali tranzit harakatlanayotgan «Volvo» rusumli yuk maşinasi «Sariosiyo» çegara bojxona postida tekşirilgan.
Tekşiruvda transport vositasining yukxonasidan 47 ta polietilen idişga joylangan, umumiy oğirligi 1 tonna 245,5 kilogramm bölgan sirka kislotasi angidridi aniqlangan.
Maʼlum qilinişiça, maxsus ruxsatnoma asosida olib ötilişi lozim bölgan uşbu prekursor yuk hujjatlarida qayd etilmagan.
Sirka kislotasi angidridi sanoatda qöllaniladigan kimyoviy modda bölib, giyohvandlik vositalarini noqonuniy tayyorlaşda ham işlatilişi mumkinligi sababli uning muomalasi nazorat qilinadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.




