Qorong‘i rejim
Jamiyat

Özbekistonda oliygohlarga kiriş imtihonlari maktab bitiruv sinovlari bilan birlaştiriladi

Akmal Eshonxonov19 ko'rishlar
Özbekistonda oliygohlarga kiriş imtihonlari maktab bitiruv sinovlari bilan birlaştiriladi

Özbekistonda 2028/2029 öquv yilidan boşlab maktabni bitiriş va oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarini yagona tizimga birlaştiriş rejalaştirilmoqda.

Yangi tartibga köra, 9-sinf öquvçilari litsey va texnikumlarga kiriş uçun imtihon topşiradi. 11-sinf bitiruvçilari esa yagona imtihon orqali ham maktabni tamomlaş, ham oliygohga kiriş imkoniyatiga ega bölişi közda tutilgan.

Dastlab yangi tizimni Toşkent şahri va Navoiy viloyatida sinovdan ötkaziş, keyinçalik esa respublika böylab joriy etiş rejalaştirilgan.

Uşbu özgarişlar orqali bitiruvçilarning maktabda olgan bilimlarini oliy taʼlimga qabul jarayonida ham hisobga oliş va bir neçta alohida imtihon topşiriş zaruratini kamaytiriş maqsad qilingan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda oliygohlarga kiriş imtihonlari maktab bitiruv sinovlari bilan birlaştiriladi | Effect.uz