Toshkent viloyatining Chirchiq shahri va Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 4,7 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Ayrim holatlarda voyaga yetmagan qizlar narkotik moddalarni tarqatishga jalb qilingan. Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Chirchiqda 2006-yilda tug‘ilgan qiz va uning voyaga yetmagan sherigi 41 dona o‘ramdagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatayotgan vaqtda ushlangan.
Voyaga yetmagan qiz ijarada yashayotgan uyda esa sotish maqsadida saqlanayotgani aytilgan 1 kg 259 gramm sintetik giyohvandlik vositasi aniqlangan. Tezkor tadbirlar davomida Chirchiqda yana bir shaxs voyaga yetmagan qizni giyohvandlik vositalari savdosiga jalb qilgani ma’lum qilingan. IIVga ko‘ra, ular yana bir ayol bilan birga 150 gramm sintetik giyohvandlik vositasini yashirin joylarga qoldirish usulida tarqatayotgan paytda ushlangan.
Ayolning yashash joyidan 2 kg 850 gramm mefedron, 200 gramm alfa-PVP, 200 gramm geroin, shuningdek, zip-paketlar, izolentalar va tarozilar topilgani bildirilgan. Qibray tumanida ham internet orqali faoliyat yurituvchi narkodo‘konga aloqador deb ko‘rsatilgan shaxslar ushlangan. Ular to‘rtta manzilga jami 200 dona o‘ramdagi giyohvandlik vositalarini yashirishga uringani aytilmoqda. Ular Sirdaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida yashovchi yigitlar bo‘lib, orasida talabalar ham bor.
Tezkor tadbirlar yakunida jami 4 kg 700 gramm giyohvandlik vositalari musodara qilingan. Vazirlik hisob-kitobiga ko‘ra, shu orqali 245 ming dona bir martalik dozaning muomalaga chiqarilishi oldi olingan. Internetdagi narkodo‘kon faoliyatiga aloqador boshqa shaxslar va guruhlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda.
Toshkent viloyatida 19 va 17 yoshli qizlar narkotik savdosiga jalb qilingan
Administrator2 soat oldin15 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
Pichoq borib suyakka taqalgan: «OLIMP»dagi shovqinlarning ovozi gumbirlayapti (EFFECT.UZ REPORTAJI)
2 daq oldin1

Jamiyat
Erkinjon Turdimov yangi taqdimotlar bilan tanishdi
2 soat oldin24

Jamiyat
Qonun ustuvorligi va jamoat xavfsizligi: IIVning 9 oylik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi
11-oktabr, 2026, 12:3122

Jamiyat
Samarqandda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
11-oktabr, 2026, 11:0730