20 yilga yaqin tarix: hokimiyat topşiriği bilan qurilgan dökonlar, yillar davomida tölangan ijara va soliqlar, 2012-yilgi qaror, keyin davlat aktivi maqomi va endi — PF–177ning 6-ilovasi. Hujjatlar örtasida javobsiz qolgan savollar köpaymoqda.
Bir paytlar mahalla aholisiga arzon qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beriş uçun tadbirkorlarga dökon quriş taklif qilingan.
Tadbirkorlar qurdi, yillar davomida işlatdi, soliq töladi. Ijara haqini töladi, aholiga xizmat körsatdi. hatto ayrim davrlarda hokimiyat topşiriği bilan mahsulotlarni bozor narxidan arzonroq sotdi.
Bugun esa ularga boşqa gap aytilmoqda:
«Bu obyektlar davlat mulki. Ular xususiylaştiriladi va auksionga çiqariladi».
Şunda tabiiy savol tuğiladi:
Agar tadbirkorlar bu dökonlarni öz mablağiga qurgan bölsa, ular qanday qilib davlat mulkiga aylandi? Va nega tadbirkor özi qurgan obyektni yana auksionda sotib olişi kerak?
HIKOYA 2006-YILDA BOŞLANGAN
Tadbirkorlarning Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga yöllagan jamoaviy arizasida voqealarning boşlanişi 2006-yilga borib taqaladi. Ularning bildirişiça, öşa davrda aholi ziç yaşaydigan mahallalarda qişloq xöjaligi mahsulotlarini doimiy sotiş uçun «dala-dökon» tamoyilida savdo şoxobçalarini taşkil etiş vazifasi qöyilgan.
2006-yil 24-fevralda Toşkent şahar hokimiyati tomonidan 79-son qaror qabul qilingan.
Şundan söng tuman hokimliklari va mahalla mutasaddilari tadbirkorlarga savdo şoxobçalari va nonvoyxonalarni öz mablağlari hisobidan qurişni taklif qilgan.

Tadbirkorlar bu şartga rozi bölgan. Ularning arizasida yozilişiça, dökonlar hokimiyat tomonidan belgilangan joylarda, hokimiyat vakillari hamda «Agroinvest» MÇJ rahbarlari nazoratida qurilgan. Öşa paytda ularga obyektlarning hujjatlari rasmiylaştirilişi, kadastr qilinişi va egalik huquqi berilişi vaʼda qilingan.
Yaʼni tadbirkorlarning pozitsiyasi şunday:
«Biz bu dökonlarni özboşimçalik bilan qurib olmadik. Bizga joyni hokimiyat belgiladi, qurişni hokimiyat taklif qildi, keyin esa rasmiylaştirib berişga vaʼda qildi».
Bu daʼvoni tasdiqlaydigan hujjatlar bor-yöqligi esa alohida tekşirilişi lozim.
TADBIRKORLAR FAQAT DÖKON QURMAGAN
Hujjatlarda yana bir muhim holat qayd etilgan. Tadbirkorlar mahalla aholisiga arzon qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beriş, dehqonlardan mahsulotni töğridan-töğri xarid qiliş, mavsumiy oziq-ovqat zaxiralarini şakllantiriş kabi vazifalarni ham bajarganini bildirmoqda.
Ayrim hollarda hokimiyat vakillari mahsulotlarni bozordagidan arzon narxda sotişni topşirgani, tadbirkorlar esa zarar köriş evaziga bölsa ham bu topşiriqlarni bajarganini aytmoqda. Şu bilan birga, ular butun faoliyati davomida soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölab kelganini bildirgan.
Bu yerda masalaning iqtisodiy tomoni paydo böladi:
Agar tadbirkor yillar davomida davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarib, obyektni saqlab, undan tadbirkorlik faoliyati uçun foydalanib kelgan bölsa, uning bugungi huquqiy maqomi qanday baholanişi kerak?
2012-YIL: DÖKONLAR «VAQTINÇA» MAHALLAGA ÖTKAZILADI
Tadbirkorlarning hikoyasidagi eng muhim buriliş 2012-yilga töğri keladi. 2012-yil 18-mayda Toşkent şahar hokimining 424-son qarori qabul qilingan. Tadbirkorlarning murojaatlarida uşbu qarorning 2-bandiga asosan hujjatlari rasmiylaştirilmagan bino va inşootlar böyiça sudlar tomonidan yakuniy qaror qabul qilingunga qadar obyektlar «Mahalla» xayriya jamğarmasiga vaqtinça, tasarruf etiş huquqisiz berilgani aytilmoqda. Bu joyda juda muhim huquqiy savol paydo böladi.
Agar tadbirkorlar aytganidek, obyektlar «sudning yakuniy qaroriga qadar» vaqtinça berilgan bölsa, keyin bu vaqtinçalik maqom qaysi hujjat asosida doimiy davlat mulki maqomiga aylantirildi?
Bundan ham muhimi:
Uşbu obyektlar böyiça sudning yakuniy qarorlari bölganmi?
Tadbirkorlar öz murojaatlarida bunday qarorlar mavjud emasligini, obyektlar sud tomonidan egasiz yoki noqonuniy qurilma deb topilmaganini bildirmoqda.
Bu — albatta, tadbirkorlarning pozitsiyasi. Şuning uçun bu holatni tasdiqlaş yoki rad etiş uçun 424-son qarorning asl nusxasi, kadastr hujjatlari va har bir obyekt böyiça keyingi huquqiy harakatlar örganilişi şart.
ENG ĞALATI JOY: TADBIRKOR ÖZI QURGAN DÖKONGA IJARAÇI BÖLDI
2012-yildan keyin vaziyat yanada qiziq tus olgan. Tadbirkorlarning aytişiça, dökonlar «Mahalla» jamğarmasi balansiga ötkazilganidan söng ular özlari qurgan obyektlarda endi ijaraçi sifatida işlay boşlagan. Yaʼni:
quriliş — tadbirkorniki;
mehnat — tadbirkorniki;
soliq — tadbirkorniki;
ijara tölovi — tadbirkordan;
ammo kadastr — «Mahalla» jamğarmasi nomida.
Tadbirkorlar yillar davomida şu tartibga majburan könikkanini bildirmoqda. Bu vaziyatning öziyoq jurnalistik tekşiruv uçun yetarliça jiddiy savol:

Nima sababdan öz mablağiga qurilgan obyektning quriliş xarajatini qilgan şaxs keyinçalik şu obyektda ijaraçiga aylandi?
2022–2023-YILLARDA YANA BIR BOSQIÇ
Tadbirkorlarning hujjatlariga köra, 2022–2023-yillarda dökonlar «Mahalla» jamğarmasidan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkazilgan. Tadbirkorlar uç tomonlama ijara şartnomalari tuzib, belgilangan ijara haqlarini tölaşda davom etgan.
2023-yilda obyektlarni auksionga çiqariş masalasi kötarilganida tadbirkorlar bunga eʼtiroz bildirgan. Şundan söng, ularning aytişiça, obyektlar yana «Mahalla» fondiga qaytarilgan va ijara munosabatlari davom etgan.
Demak, bu obyektlarning huquqiy tarixi bir neça bosqiçdan ötgan:
tadbirkor qurgan → «Mahalla»ga ötgan → tadbirkor ijaraçi bölgan → Davlat aktivlariga ötgan → auksion masalasi kötarilgan → yana «Mahalla»ga qaytgan → yana ijara munosabati davom etgan. Endi esa — yangi bosqiç.
PF–177: MASALANING ENG MUHIM NUQTASI
2026-yil 28-avgustda Prezidentning PF–177-son «Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Aynan şu hujjat mahalla dökonlari böyiça bugungi bahsning asosiy huquqiy nuqtasiga aylangan. Lekin bu yerda bir muhim aniqlik bor.
Mahalla obyektlarini xususiylaştirişga kiritişga bevosita asos bölayotgan norma PF–177ning 6-bandi emas.
Farmonning 2-bandi «z» kiçik bandida nodavlat notijorat taşkilotlariga operativ boşqaruv yoki tekin foydalaniş huquqi bilan biriktirilgan va 2026–2027-yillarda xususiylaştiriladigan davlat köçmas mulk obyektlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Mana şu 6-ilova esa mahalla dökonlari böyiça eng muhim hujjatga aylanmoqda.
6-ILOVADA TAŞKENT BÖYIÇA NEÇTA OBYEKT BOR?
Bu yerda masala bir-ikki dökon haqida emas. PF–177ning 6-ilovasida Toşkent şahri böyiça 97 ta obyekt körsatilgan.
Ular orasida:
— savdo dökonlari;
— nonvoyxonalar;
— çoyxonalar;
— sartaroşxonalar;
— mahalla guzarlari;
— yordamçi binolar;
— omborxonalar;
— boşqa noturar obyektlar bor.
Masalan, 6-ilovada Mirobod tumanidagi Fayzobod mahallasidagi 150 kvadrat metrlik savdo dökoni, Çilonzordagi bir qator savdo dökonlari va nonvoyxonalar, Uçtepadagi köplab savdo va xizmat körsatiş obyektlari, Yakkasaroy, Olmazor, Yunusobod, Bektemir va boşqa tumanlardagi obyektlar qayd etilgan.
Yaʼni bu — keng kölamli xususiylaştiriş röyxati.
LEKIN 6-ILOVA NIMANI ASLIDA BELGILAYDI?
6-ilovaning nomi:
«Nodavlat notijorat taşkilotlariga operativ boşqaruv yoki tekin foydalaniş huquqi bilan biriktirilgan hamda 2026–2027-yillarda xususiylaştiriladigan davlat köçmas mulk obyektlari röyxati». Demak, hujjat obyektlarni davlat köçmas mulki sifatida tasniflamoqda.
Davlat aktivlari agentligining 11-noyabrdagi javob xatida ham aynan şu asos keltirilgan: «Mahalla» xayriya jamoat fondiga operativ boşqaruv yoki tekin foydalaniş huquqi bilan biriktirilgan davlat köçmas mulk obyektlari 2026–2027-yillarda xususiylaştiriladigan obyektlar röyxatiga kiritilgan.
Agentlik şu asosda davlat mulkini, qoida tariqasida, ommaviy savdolar, jumladan «E-auksion» orqali realizatsiya qiliş mumkinligini bildirgan. Ammo bu yerda yana bir muhim savol bor:
Obyektning 6-ilovaga kiritilgani uning avvalgi huquqiy tarixini avtomatik ravişda bekor qiladimi?
Yoki 6-ilovaga kiritişdan oldin har bir obyekt böyiça:
— kim qurgani;
— qanday asosda qurilgani;
— kim mablağ sarflagani;
— qaysi hujjat asosida kadastr qilingani;
— qança yil ijarada bölgani;
— ijara huquqi röyxatdan ötkazilgani;
— tadbirkor tomonidan qanday investitsiya kiritilgani;
— avvalgi şartnomalar;
— mavjud nizolar;
— sud qarorlari;
— tadbirkorning ehtimoliy imtiyozli huquqlari alohida tekşirilişi kerakmi?
Aynan şu savol hozir javobsiz qolmoqda.
YANA BIR MUHIM NORMA — PF–177NING 6-BANDI
Agar 6-bandning öziga qarasak, uning «b» kiçik bandida davlat köçmas mulk obyektlari xususiylaştirilganda, ularga biriktirilgan yer uçastkalariga nisbatan xususiylaştirişga qadar mavjud bölgan huquqlar — umrbod egalik qiliş, doimiy foydalaniş va ijara huquqlari — xususiylaştirib olgan subyektlar uçun saqlanib qolişi belgilangan.
Şuningdek, yer ijara şartnomalarini qayta tuziş talab etilmasligi körsatilgan. Bu norma mahalla dökonlari böyiça ham eʼtiborga loyiq. Çunki dökonning binosi va u joylaşgan yer — huquqiy jihatdan bir xil tuşunça emas.
Şu sababli:
bino davlat mulki sifatida xususiylaştirilişi mumkinligi yer va undan foydalaniş huquqining alohida huquqiy tarixini ham tekşiriş zaruratini yöqotmaydi.
Bu masalada tadbirkorlar ham yer uçastkasini davlat bahosida sotib olişga yoki uzoq muddatli ijaraga olişga tayyor ekanini bildirgan.
PF–177NING ÖZI AUKSIONGA ÇIQARIŞDAN OLDINGI SAVOLLARNI BEKOR QILADIMI?
Biz hozirça bunday xulosaga borolmaymiz. Çunki Farmon davlat mulkini xususiylaştiriş jarayonini jadallaştirişga qaratilgan. Unda 2026-yilda davlat va davlat iştirokidagi korxonalarga tegişli 1 242 ta köçmas mulk obyektini va 8 ming gektar yer uçastkalarini savdoga çiqariş maqsadlari belgilangan.

Biroq Farmonning 10-bandida 6–9-ilovalarga muvofiq ommaviy savdolarga çiqariladigan obyektlarni sotişga Toşkent şahar, tuman va şahar hokimlari masʼul etib belgilangan. Şuning uçun jurnalistik nuqtai nazardan eng muhim savol:
Masʼul organlar 97 ta obyektni röyxatga kiritişdan oldin ularning har birining huquqiy tarixini tekşirganmi?
Agar tekşirgan bölsa — natijasi qayerda? Agar tadbirkorlarning öz mablağiga qurgani haqida hujjatlari bölsa — ular örganilganmi?
Agar 2012-yilgi 424-son qarorga köra obyektlar vaqtinça «Mahalla»ga berilgan bölsa — keyingi bosqiçda ularning maqomi qaysi hujjat bilan özgargan?
Agar sudning yakuniy qarorlari bölmagan bölsa — obyektlarni davlat mulki sifatida rasmiylaştirişning huquqiy asosi nima bölgan?
TADBIRKORNING IJARA ŞARTNOMASI-ÇI?
Yana bir muhim masala — 2026-yil sentyabr oyida ayrim tadbirkorlar bilan ijara şartnomalari bekor qilingani haqidagi daʼvolar.
Tadbirkorlar öz murojaatlarida şartnomaning 1.5-bandiga köra, mulk tegişli idora yoki sud qarori asosida xususiylaştirilgan taqdirdagina şartnoma bekor qilinişi mumkinligini bildirgan. Ularning taʼkidlaşiça, öşa vaqtda obyektlar hali xususiylaştirilmagan bölgan. Bu holat ham alohida huquqiy ekspertiza talab qiladi.

Çunki: PF–177ga kiritilgan obyekt — hali xususiylaştirilgan obyekt degani emas. Farmon uni 2026–2027-yillarda xususiylaştiriladigan davlat köçmas mulk obyektlari röyxatiga kiritadi. 6-ilovaning özi ham aynan «xususiylaştiriladigan» obyektlar röyxatini belgilaydi.
Demak, «röyxatga kiritildi» va «allaqaçon xususiylaştirildi» tuşunçalarini aralaştirmaslik kerak. Bu esa ijara şartnomalarini bekor qiliş asoslari böyiça yana bir savolni tuğdiradi.
FARĞONADAGI SUD IŞI NEGA MUHIM?
Bizda mavjud Farğona viloyatidagi Oliy sud qarori Toşkentdagi mahalla dökonlari böyiça iş emas. Bu — alohida iş. Ammo unda davlat mulkidan uzoq yillar ijara asosida foydalangan tadbirkorning huquqiy maqomini baholaşda qaysi holatlarga eʼtibor beriş lozimligi körsatilgan.

Sud ijara munosabatlarining faqat oxirgi şartnomadan emas, balki avvalgi şartnomalardan boşlangan davrini, ijara huquqining röyxatdan ötkazilganini, obyektdan amalda uzluksiz foydalanilganini va boşqa holatlarni baholaş zarurligini taʼkidlagan.
Şuningdek, ijaraçining obyektga kapital taʼmirlaş, modernizatsiya va obodonlaştiriş uçun sarflagan mablağlari ham iş uçun ahamiyatli holat sifatida qaralgan.
Yana bir bor: Bu qaror Toşkentdagi dökonlarga avtomatik ravişda tatbiq etilmaydi. Ammo u bizga bir narsani körsatadi:
davlat mulkini auksionga çiqarişdan oldin uning uzoq yillik huquqiy tarixi va undan foydalanib kelgan şaxslarning huquqlari eʼtiborsiz qoldirilmasligi kerak.
97 TA OBYEKT — 97 TA ALOHIDA TARIX
PF–177ning 6-ilovasidagi 97 ta Toşkent obyektini bitta umumiy «davlat mulki» degan tuşunça bilan baholaş qançalik töğri?
Çunki röyxatning özida obyektlar turliça. Biri — çoyxona, nonvoyxona, savdo dökoni, sartaroşxona, ombor, mahalla guzari, yordamçi bino. Ularning har birining tarixi, quriliş asosi, foydalaniş tartibi va huquqiy hujjatlari turliça bölişi mumkin. Şunday ekan, jurnalistik tekşiruvning asosiy talablaridan biri ham şu: umumiy röyxatdan individual obyektga ötiş.
Yaʼni har bir dökon böyiça:
1. 2006-yildagi qurilişga asos bölgan hujjat;
2. yer ajratiş hujjati;
3. qurilişga ruxsat;
4. dastlabki balans;
5. kadastr hujjati;
6. 2012-yilgi 424-son qaror asosidagi harakatlar;
7. «Mahalla» bilan tuzilgan şartnoma;
8. keyingi ijara şartnomalari;
9. Davlat aktivlariga ötkaziş hujjati;
10. PF–177ning 6-ilovasiga kiritiş asosi birma-bir soliştirilişi kerak.
TADBIRKORLAR NIMANI SÖRAMOQDA?
Murojaatlarda tadbirkorlar davlat mulkini tekin olib berişni talab qilayotgani körinmaydi.
Ular, aksinça, özlarining köp yillik mehnati va sarmoyasi inobatga olinişini, dökonlarni öz nomiga rasmiylaştiriş yoki imtiyozli şartlarda sotib oliş imkoniyati yaratilişini söramoqda.
Ayrim murojaatlarda yer qiymatini davlat bahosida tölaşga tayyor ekanliklari, biroq auksionda katta mablağ bilan raqobatlaşiş imkoniyati yöqligi aytilgan.
Ularning yana bir xavotiri — dökonlarni boşqa şaxs sotib olsa, hozirgi tadbirkorlar iş joyidan mahrum bölişi. Bu esa faqat mulk masalasi emas.
Bu — tadbirkorlik, bandlik va mahalla aholisiga körsatilayotgan xizmatlar masalasi ham.
EFFECT.UZʼNI QIZIQTIRAYOTGAN ENG MUHIM 12 SAVOL
Mazkur hujjatlar asosida mutasaddilarga quyidagi savollarni yöllaymiz:
1. 2006-yilda tadbirkorlarga öz mablağiga quriş taklif qilingan dökonlarning quriliş xarajatlari kim tomonidan qoplangan?
2. Uşbu obyektlarni tadbirkorlar qurganini tasdiqlovçi hujjatlar davlat organlarida mavjudmi?
3. Agar obyektlar tadbirkorlar mablağiga qurilgan bölsa, ular qanday huquqiy asosda davlat mulki sifatida rasmiylaştirilgan?
4. 2012-yilgi 424-son qarorning 2-bandi asosida obyektlarni «Mahalla» jamğarmasiga vaqtinça berişning huquqiy maqomi keyinçalik qaysi hujjat bilan özgartirilgan?
5. Uşbu obyektlar böyiça sudning yakuniy qarorlari mavjudmi?
6. Tadbirkorlar bilan yillar davomida tuzilgan ijara şartnomalaridagi huquq va majburiyatlar qanday baholangan?
7. Tadbirkorlarning obyektlarga kiritgan mablağlari, taʼmirlaş va modernizatsiya xarajatlari hisobga olinganmi?
8. 2026-yilda ijara şartnomalarini bekor qilişning aniq huquqiy asosi nima?
9. PF–177ning 6-ilovasiga kiritişdan oldin har bir obyektning huquqiy tarixi tekşirilganmi?
10. Toşkent şahridagi 97 ta obyektning har biri böyiça şunday tekşiruv dalolatnomalari mavjudmi?
11. Agar tadbirkorning uzoq yillik ijara huquqi va boşqa huquqiy manfaatlari mavjud bölsa, auksionga çiqarişdan oldin ular qanday tartibda inobatga olinadi?
12. Davlat tadbirkorning özi qurgan obyektni auksionga çiqarişdan avval unga uşbu obyektni imtiyozli tartibda sotib oliş imkoniyatini beriş masalasini körib çiqadimi?

XULOSA: GAP FARMONGA QARŞILIK HAQIDA EMAS
Bu yerda bir narsani aniq ajratib oliş kerak. Tadbirkorlarning eʼtirozi PF–177ning öziga qarşi çiqiş emas. Davlat mulkini xususiylaştiriş — davlat siyosati. Auksion — qonunçilikda belgilangan mexanizm.
PF–177 esa davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonini jadallaştirişga qaratilgan.
Biroq har bir davlat aktivining öz tarixi bor. Mahalla dökonlari böyiça esa bu tarix 2026-yildan emas, 2006-yildan boşlanadi, deyilayotgan hujjatlar mavjud.
Şu tarixda tadbirkorlarning mablaği bor. Ularning mehnati bor, soliq tölovlari bor. Ijara şartnomalari bor, mahalla aholisiga körsatilgan xizmatlar. 2012-yilgi qaror. Keyingi yillardagi qayta-qayta tuzilgan şartnomalar va nihoyat, PF–177ning 6-ilovasi.
Şuning uçun bugungi eng muhim savol:
PF–177ga kiritilgan 97 ta obyektning barçasi haqiqatan ham bir xil huquqiy tarixga egami?
Agar yöq bölsa, ularning har biri alohida örganilişi kerak emasmi?
Çunki «davlat mulki» degan yozuv obyektning bugungi maqomini körsatişi mumkin. Ammo u obyektning qanday qilib bu maqomga kelib qolgani haqidagi tarixni avtomatik ravişda yöq qilmaydi.
Tadbirkorlar esa aynan şu tarixni örganişni söramoqda. Özi qurgan dökonni tadbirkor yana auksionda sotib oladimi?
Yoki davlat uning yillar davomidagi sarmoyasi, mehnati va huquqiy manfaatlarini ham hisobga olgan holda boşqa yeçim topadimi?
EFFECT.UZ uşbu masala böyiça mutasaddi taşkilotlarning aniq huquqiy izohlarini oliş va har bir obyektning hujjatlarini alohida örganişda davom etadi.



