Qorong‘i rejim
Özbekiston

Özbekiston tarixidagi eng yuqori kredit reytingiga erişdi

Akmal Eshonxonov42 ko'rishlar
Özbekiston tarixidagi eng yuqori kredit reytingiga erişdi

Xalqaro reyting agentligi S&P Global Ratings Özbekistonning suveren kredit reytingini BB+ darajasiga kötardi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.

Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

Kredit reytingining oşişi xalqaro investorlarning mamlakat iqtisodiyoti va davlatning qarz majburiyatlarini bajariş qobiliyatiga bölgan işonçi kuçayganini anglatadi.

Mamlakatning kredit reytingi qançalik yuqori bölsa, xalqaro bozorlarda mablağ jalb qiliş imkoniyatlari şunçalik kengayadi. Jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va nisbatan qulay şartlarda qarz mablağlari oliş imkoniyati oşadi.

Bu esa yangi işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş, iş örinlari yaratiş va iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi mumkin.

Maʼlum qilinişiça, Özbekiston endi investitsiyaviy darajadagi kredit reytingini qölga kiritiş uçun yana bir poğona yuqoriga kötarilişi kerak.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekiston tarixidagi eng yuqori kredit reytingiga erişdi | Effect.uz