Qorong‘i rejim
Özbekiston

Ayrim muddatli harbiy xizmatçilar oliy harbiy taʼlim muassasalariga testsiz qabul qilinadi

Akmal Eshonxonov28 ko'rishlar
Ayrim muddatli harbiy xizmatçilar oliy harbiy taʼlim muassasalariga testsiz qabul qilinadi

Muddatli harbiy xizmatni namunali ötagan, respublika yoki xalqaro sport musobaqalari, şuningdek, fan olimpiadalarida birinçi örinni egallagan ayrim askarlar oliy harbiy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz qabul qilinişi mumkin.

Bu tartib Hukumatning 2026-yil 19-noyabrdagi tegişli qarori bilan belgilandi. Özgartirişlar Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ–134-son qarori ijrosi doirasida kiritilgan.

Yangi tartibga köra, imtiyoz muddatli harbiy xizmatni namunali ötagan hamda sport musobaqalari yoki fan olimpiadalarida birinçi örinni qölga kiritgan harbiy xizmatçilar orasidan saralab olingan nomzodlarga beriladi. Ular masʼul vazirlik va idoralarga ajratilgan yillik kvota doirasida quyidagi taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz, töğridan-töğri qabul qilinadi:

  • Amir Temur nomidagi DXX akademiyasiga — Davlat xavfsizlik xizmati tizimida xizmat ötagan, dastlabki saralaş va maxsus kasbiy tanlaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar;

  • Jamoat xavfsizligi universitetiga — Milliy gvardiya tizimida xizmat ötagan va dastlabki saralaşdan ötgan nomzodlar;

  • Oliy harbiy taʼlim muassasalariga — masʼul vazirliklar tizimida xizmat qilgan, harbiy-professional yönaltiriş va dastlabki saralaş natijalariga köra tavsiya etilgan nomzodlar.

Imtiyozli qabul uçun ajratiladigan kvotalar Qurolli Kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarning umumiy soniga mutanosib ravişda taqsimlanadi.

Şunday qilib, yangi tartib harbiy xizmat davomida yuqori natijalarga erişgan va alohida yutuqlarni qölga kiritgan askarlarga oliy harbiy taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz kiriş imkoniyatini beradi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Ayrim muddatli harbiy xizmatçilar oliy harbiy taʼlim muassasalariga testsiz qabul qilinadi | Effect.uz