Andijonda bank xodimi mijozlarning hisoblaridan 3,2 mlrd sömdan ortiq mablağni özining xalqaro plastik kartasiga ötkazib, onlayn qimor öyinlarida yutqazib yuborgan. Içki işlar vazirligi maʼlumotiga köra, uşbu holat böyiça jinoyat işi sudga oşirilgan.
Qayd etilişiça, Andijon şahridagi banklardan birida xalqaro pul ötkazmalariga oid hisob raqamlariga masʼul bölgan xodim mijozlarning mablağlarini özlaştirgan. U fuqarolar hisoblaridagi 3,2 mlrd sömdan ortiq pulni özining xalqaro plastik kartasiga ötkazib olgan.
Tergov davomida xodim uşbu mablağlarni tavakkalçilikka asoslangan onlayn qimor öyinlariga tikib, yutqazib yuborgani aniqlangan. Uning aytişiça, qimor sabab nafaqat katta miqdordagi mablağidan, balki oilasi va yaqinlaridan ham ayrilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Xodimga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov yakunlanib, jinoyat işi sudga yuborilgan.
Vazirlik maʼlumotiga köra, yana bir holatda onlayn qimor öyinlariga berilgan şaxs tanişidan umumiy qiymati 26 ming AQŞ dollariga teng bölgan ikkita «Damas» avtomobilini olgan. Biroq u maşinalarni egasiga qaytarmagan. Maʼlum bölişiça, avtomobillarni qimor öyinlariga tikib, yutqazib yuborgan.
Uşbu holat yuzasidan ham jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari yakunlangan va iş sudga yuborilgan.
Xöjaobod tumanida esa 74 nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni vaʼda qilgan şaxs ulardan jami 1 mlrd 300 mln söm mablağ olgan. Biroq u pullarni belgilangan tartibda bankka topşiriş örniga onlayn qimor öyinlariga tikib, yutqazib qöygan.
Sud hukmiga köra, Abdurazzoq Fayzulloyev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqarolarni onlayn qimor öyinlariga jalb qiluvçi şaxslarning vaʼdalariga işonmaslikka, pul mablağlarini boşqa şaxslarga topşirişda esa ehtiyotkor bölişga çaqirdi.




