Qorong‘i rejim
Özbekiston

Samarqandda qiz tanişi tomonidan böğib öldirilganlikda gumonlanmoqda

Akmal Eshonxonov104 ko'rishlar
Samarqandda qiz tanişi tomonidan böğib öldirilganlikda gumonlanmoqda

Samarqand şahrida ijaradagi xonadonda qiz tanişi bilan janjallaşib qolganidan söng böğib öldirilgan bölişi mumkin. Hodisadan keyin gumonlanuvçi ham öziga tan jarohatlari yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, u qamoqqa olingan.

Maʼlum qilinişiça, voqea 18-noyabr kuni Samarqand şahrining Qorasuv massivida sodir bölgan. Halok bölgan qiz uç xonali xonadonni dugonasi bilan ijaraga olgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, uyda boşqa yaşovçilar bölmagan vaqtda uning oldiga tanişi kelgan. Ular örtasidagi janjal oqibatida yigit qizni böğib öldirganlikda gumonlanmoqda.

Mahalla raisi sözlariga köra, qizlar xonadonga 15-noyabr kuni keçqurun köçib kelgan. Ertasi kuni mahalla vakillari ular bilan suhbatlaşib, ijara şartnomasini rasmiylaştiriş zarurligini tuşuntirgan va yaşaş qoidalari bilan taniştirgan.

Hodisadan keyin gumonlanuvçi öziga tan jarohatlari yetkazgan. Içki işlar organlari xodimlari uni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga olib borgan. Şifokorlar uning ahvolini örtaça oğir deb baholagan. Tekşiruvda jiddiy jarohatlar aniqlanmagan. Tibbiy kuzatuvdan söng u qoniqarli ahvolda şifoxonadan çiqarilgan.

Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati rahbarining yozma izohida maʼlum qilinişiça, holat yuzasidan şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumonlanuvçi qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Samarqandda qiz tanişi tomonidan böğib öldirilganlikda gumonlanmoqda | Effect.uz