⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Siyosat

Sadaqa yoki xato? Internetdagi xayriyalar ortidagi xatar

Abror Eshonxonov3 soat oldin17 ko'rishlar
Sadaqa yoki xato? Internetdagi xayriyalar ortidagi xatar

Ramazon oyida ehson, sadaqa va zakot qilish musulmonlar uchun eng fazilatli amallardan biri hisoblanadi. Biroq soʻnggi yillarda ushbu ezgu amallardan noqonuniy maqsadlarda foydalanish holatlari ham koʻpayib bormoqda.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, internet tarmoqlarida “ehson”, “xayriya” niqobi ostida mablagʻ yigʻish holatlari ortida ayrim hollarda terroristik tuzilmalarni moliyalashtirish holatlari ham aniqlanmoqda.

Jumladan, 2025-yil kuzida Janubiy Koreyada soxta xayriya tashkiloti orqali pul yigʻgan oʻzbekistonlik fuqaro qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. U 952 million vondan ortiq mablagʻni firibgarlik yoʻli bilan toʻplab, uning bir qismini xalqaro terrorchi tashkilotlarga yoʻnaltirgani maʼlum qilingan.

Shuningdek, Oʻzbekistonda ham Buxoro viloyatida terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyat holati fosh etildi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, gumonlanuvchi shaxs xorijdagi ekstremistik guruh safiga qoʻshilib, internet orqali turli bahonalar bilan mablagʻ yigʻgan va uni terroristik faoliyatga yoʻnaltirgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu jarayonga boshqa shaxslar ham jalb etilgan boʻlib, ayrim fuqarolar bilmagan holda terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ekspertlar internet orqali eʼlon qilinayotgan norasmiy xayriya aksiyalariga pul oʻtkazishdan oldin manbalarni sinchiklab tekshirish, mablagʻlar haqiqatan ehtiyojmandlarga yetib borayotganiga ishonch hosil qilish zarurligini taʼkidlamoqda.

Shuningdek, rasmiy xayriya fondlari orqali amalga oshirilgan ehsonlar shaffoflik va xavfsizlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilmoqda.

Mutaxassislarga koʻra, fuqarolarning ongli va hushyor boʻlishi nafaqat shaxsiy mablagʻlarini asrash, balki jamiyat xavfsizligini taʼminlashda ham muhim omil hisoblanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Sadaqa yoki xato? Internetdagi xayriyalar ortidagi xatar | Effect.uz