Atrof-muhitni chiqindilardan holi qilish, tabiatga mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu aksiyada respublikaning har bir hududidan ko‘ngillilar ishtirok etishlari mumkin.
Aksiya doirasida tozalash ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri Doʻstlik kanali boʻyida, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Sharshara koʻchasida hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimgan hududida tashkil etiladi. Shuningdek, Andijon tumanidagi Yangi Andijon massivi, Buxoro shahridagi Somoniylar bogʻi, Fargʻona shahri Sakkokiy koʻchasi va Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi M-39 avtomagistrali boshlanish qismida ham ommaviy hasharlar bo'lib o'tadi.
Namangan va Navoiy shaharlaridagi Markaziy hamda Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻlari, Qashqadaryoning Koʻkdala tumanidagi Qoʻngʻirot togʻ massivi, Samarqand shahrining Toshkent koʻchasi, Guliston shahrining “Bo‘ston” MFY, Termiz shahrining “Amu-sohil” oromgohi hamda Urganch shahrining Pahlavon Mahmud koʻchasi ham ushbu xayrli tashabbusga mezbonlik qiladi.
Tashkilotchilar barcha yurtdoshlarimizni ushbu ko‘lamli eko-aksiyada faol ishtirok etishga, tabiatni asrash va atrof-muhit sofligiga o‘z munosib hissalarini qo‘shishga chaqiradi.
Respublika bo‘ylab “World Cleanup Day” munosabati bilan ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkaziladi
Administrator16-sentabr, 2026, 20:0851 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
“DEMOKRAT.UZ” rahbariga qoʻyilgan ayblovlar sudda koʻrilmoqda
29-sentabr, 2026, 20:25109

Jamiyat
Doʻrmon yoʻlida halok boʻlgan YPX inspektori oilasi nega yordamsiz qoldi?
29-sentabr, 2026, 13:2143

Jamiyat
Toshkentda onlayn qimorga xizmat koʻrsatgan jinoiy guruh fosh etildi
28-sentabr, 2026, 23:0525

Jamiyat
Andijondagi koʻchmas mulk nizosi: «Azia Max» va «Zeromax» kompaniyalari oʻrtasida sarson mulkdorning 7 yillik muammosi
26-sentabr, 2026, 16:3383