⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Sport

“Real Madrid”da parokandalik! Jamoa ich-ichidan yemirilmoqda, chunki xoin bor...

Administrator23 soat oldin269 ko'rishlar
“Real Madrid”da parokandalik! Jamoa ich-ichidan yemirilmoqda, chunki xoin bor...

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning eng mashhur klublaridan biri “Real Madrid” atrofidagi voqealar shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. Bugungi maqolamiz orqali jamoa ichida sodir bo'layotgan hodisalarga biroz to‘xtalamiz.

Madridda janjal va kelishmovchiliklar haddan tashqari ko‘payib ketdi. Jamoa ichida parokandalik hukm surmoqda. Futbolchilarning aksariyati bosh murabbiy Arbeola bilan gaplashmay qo‘yishgan. Hatto, ba’zi futbolchilar ochiqchasiga Arbeloani tanqid qilishgan.

Dani Carvajal settles role with Real Madrid after one-on-one with Alvaro  Arbeloa - reports - Football | Tribuna.com

Birinchi bo‘lib kecha, 7-may kuni Federiko Valverde hamda Chuameni o‘rtasidagi mushtlashuvga kelsak, dastlab ikki futbolchi mashg‘ulotlarda "gap talashib" qolgan va bu janjalga aylanib ketishiga oz qolgan. 

Marca nashrining ma’lum qilishicha, ertasi kuni fransiyalik futbolchi Valverdega qo‘l berib, kechirim so‘ragan, Fede esa uni uzrini qabul qilmagan va janjal yana davom etgan. 

2.jpg

Manbaga ko‘ra, Chuameni Valverdega qattiq musht tushirgan urugvaylik futbolchi esa boshi bilan stulga urilgan va chuqur “nokaut” holatiga tushgan. Shundan so‘ng, urugvaylik futbolchini shifoxonaga "zambil"da olib ketishgan, zarba natijasida uning boshiga chok tushgan. 

New Altercation Between Valverde and Tchouaméni Ends with Uruguayan  Hospitalized! - Elbotola

Shifokorlar aytishicha, Valverde bir hafta futbol o‘ynay olmaydi va 2 kundan keyin bo‘ladigan El Klassikoda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. Ushbu janjal internetga yaxshigina rezonansni keltirib chiqarganidan so‘ng Madrid klubi rasmiy bayonot berishga majbur bo‘ldi.

“Real Madrid futbol klubi ertalabki mashg‘ulot paytida Federiko Valverde hamda Orelen Chuameni o‘rtasida ro‘y bergan vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlanganini ma’lum qiladi. O‘rnatilgan ichki tartib bo‘yicha jarayonlar o‘z nihoyasiga yetgach, o‘rganishlar natijasi klub tomonidan o‘z vaqtida e’lon qilinadi”.

Shuningdek, Federiko Valverdening o‘zi ham Instagram sahifasida bo‘lgan holat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Urugvaylik futbolchi bularning hammasi jamoa bu mavsumni yomon o‘tkazgani natijasida futbolchilardagi asabiylik, bu barcha jamoalarda ham kuzatilishi mumkin bo‘lgan holat deb baholadi va jamoada xoin borligini, u ichkaridagi barcha ma’lumotlarni jamoatchilikka sizdirayotganini aytdi.

Valverde denied that Tchouaméni hit him: "I accidentally bumped into a  table"

"Kecha mashg‘ulot paytida jamoadoshim bilan noxush holat yuz berdi. Musobaqalardan keyingi charchoq va yig‘ilib qolgan asabiylik vaziyatni aslidan ham kattaroq qilib ko‘rsatdi.

Oddiy kiyinish xonasi muhitida bunday holatlar bo‘lib turadi va odatda hammasi ichki tarzda hal qilinadi, ommaga chiqmaydi.

Aniqki, kimdir bu yerda mish-mish tarqatyapti. Sovrinsiz o‘tayotgan mavsumda, doimo diqqat markazida bo‘ladigan Real Madrid atrofida esa har qanday voqea ortiqcha bo‘rttiriladi.

Bugun yana bir kelishmovchilik bo‘ldi. Bahs paytida men tasodifan stolga urilib ketdim va peshonamda kichik jarohat paydo bo‘ldi. Shuning uchun oddiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishimga to‘g‘ri keldi.

Hech qaysi vaziyatda jamoadoshim meni urgani yo‘q, men ham uni urmadim.

Menimcha, vaziyatdan kelib chiqqan g‘azabim, mavsum oxirida ba’zilarimiz qanchalik qiynalayotganini ko‘rib tushkunlikka tushishim va bor kuchimizni berayotganimizga qaramay natija chiqmayotgani meni jamoadoshim bilan tortishib ketish darajasiga olib keldi.

Kechirasizlar. Rostdan ham kechirasizlar, chunki bu vaziyat menga og‘ir botyapti. Biz boshdan kechirayotgan davr juda og‘riqli.

"Real Madrid" — hayotimdagi eng muhim narsalardan biri. Men unga befarq bo‘la olmayman. Hamma yig‘ilib qolgan hissiyotlar ma’nosiz janjal bilan yakunlandi, bu esa obro‘yimga putur yetkazdi va oddiy baxtsiz hodisani yanada avj oldirish uchun shubhalarga o‘rin qoldirdi.

Mavsum tugaguncha gapirmaslikka qaror qilgandim. Chempionlar ligasidan chiqib ketganimizdan keyin g‘azab va alamimni ichimda saqlab yurdim.

Biz yana bir yilni boy berdik. Shu sababli maydonda emas, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish berishga o‘zimni haqli deb bilmadim. Menimcha, men javobni aynan maydonda berishga harakat qildim. Shuning uchun ham keyingi o‘yinda tibbiy qaror sabab ishtirok eta olmasligim meni eng ko‘p ranjityapti va og‘rityapti".

Fede va Chuameni o‘rtasidagi mushtlashuvdan tashqari, yana bir shunday holat kuzatildi. The Athletic’ning keltirishicha, jamoaning eng tajribali futbolchilaridan biri Antonio Rudiger Alvaro Karreras bilan tortishib ketgan va futbolchiga tarsaki tushirgan. Keyin esa u ham barcha jamoadoshlaridan uzr so‘ragan.

Mushtlashuvga bormagan lekin "Real" uchun eng muammoli tortishuv Killian Mbappe hamda Jud Bellingem o‘rtasida bo‘lib turibdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" tarkibida bir necha oydan beri asosiy yulduzlar — Kilian Mbappe va Jud Bellingem o‘rtasida mojaro davom etmoqda. Mojaroga La Liganing bir uchrashuvi paytidagi tortishuv sabab bo‘lgan. Ushbu holat fevral oyida yuz bergan. Shundan so‘ng, Mbappe va Bellingem o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan.

Bellingham awarded by Madrid with same salary as Mbappe

 "Real"dagi muhit fransuz futbolchisi Parijda o‘rganib qolgan sharoitdan ancha farq qiladi. Yechinish xonasidagi vaziyat idealdan ancha yiroq — jamoa ichida keskinlik sezilmoqda. "Real" futbolchilari bir-biri bilan ancha qattiq va sovuq tarzda muloqot qiladi.

Mbappega Bellingem bilan munosabatlari yomonlashuvidan tashqari, boshqa jamoadoshlari bilan ham orasi sovigan.

Bunga sabab, fransiyalik hujumchining ispaniyalik aktrisa Ester Eksposito bilan Sardiniyadagi restoranlardan birida tushgan videosini tarqalgan edi. Ushbu kadrlar tarqalgach, jamoa rahbariyati va futbolchilar jarohatidan tiklanayotgan Mbappening bunday safaridan norozi ekani jamoasi qiyin ahvolda qolganida u ko‘ngilxushlik qilib yurganligi barchani g‘azablantirgan.

Mbappe va jamoa o‘rtasidagi shuncha muammolar yetmagandek, u yana “qovun tushirdi”.

Ispaniyaning Sport nashri yozishicha, Valdebebasdagi mashg‘ulotdan so‘ng, ya’ni avvalroq Orelen Chuameni va Federiko Valverde o‘rtasida janjal chiqqanidan keyin, Mbappe klub bazasini yaxshi kayfiyatda tark etgan. Kameralar fransuz futbolchisining mashg‘ulot markazi hududidan chiqib ketayotganda mashina ichida kulayotganini tasvirga olgan.

Mbappé doesn't lose his smile: laughing out loud after training | MARCA

Ta’kidlanishicha, bu holat “qaymoqranglilar” ichidagi tarang muhit fonida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Madrid klubining eng "erkatoy" futbolchisi Vinisius Junior bilan ham ishlari ko‘ngildagidek emas. Onda Cero xabariga ko‘ra, Vinisius Junior hamda "Real Madrid" o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. 

Vinicius Jr. to Saudi Arabia?! Dealmakers line up huge swoop for Real  Madrid ace this summer | Goal.com Canada

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Real Madrid" futbolchining barcha talablarini bajarish niyatida emas. Avvalroq, Vinisius Junior klubdan maoshini oshirishni talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, klub pozitsiyasi qat’iyligicha qolmoqda: rahbariyat alohida futbolchilarga yon bosishni istamayapti va hech kimni jamoada majburlab yoki pul bilan ushlab qolish niyatida emas.

Shuningdek, "Real Madrid" rahbariyati Vinisius Junior tomonidan tarqalayotgan ma’lumotlar sizib chiqishidan hayratda ekani aytilmoqda. Bu holat klub prezidenti Florentino Peresning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Флорентино Перес переизбран на пост президента мадридского «Реала»

Ha, rostdan ham jamoa ichida barcha ma’lumotlarni sizdirib chiqarayotgan shaxs bor. Buni barcha bot-bot gapirmoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham dunyodagi eng mashhur klub uchun bu juda uyatli holat. Jamoa ichida barcha bir-birini ayblamoqda. Parokandalik avj olgan. Bu voqeliklar qachongacha davom etishi biz uchun qorong‘u, lekin shunisi aniqki “Real Madrid”dek qudratli jamoa ko‘z o‘ngimizda ich-ichidan yemirilmoqda. 

Real Madrid Open Disciplinary Case After Valverde, Tchouameni Rift Causes  Traumatic Brain Injury

Ha aytgancha, 10-may kuni madridliklar “Barselona” mehmoni bo‘ladi. “Kamp Nou”dagi bahsda Flik shogirdlari g‘alaba qozonishsa, rasman chempionlikni qo‘lga kiritishadi. “Real” futbolchilari esa shuncha muammolardan tashqari, o‘zlarining ko‘z o‘ngida azaliy raqiblari g‘alabani tantana qilishlariga guvoh bo‘lishadi. Biz esa mazkur uchrashuvdan so‘ng, bu mavzularga yana to‘xtalamiz. 

ESPN heads to Barcelona for 264th FC Barcelona-Real Madrid ElClásico - ESPN  Press Room U.S.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Muallif: Behruzbek Shoimqulov


Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Real Madrid”da parokandalik! Jamoa ich-ichidan yemirilmoqda, chunki xoin bor... | Effect.uz