Hujumchi Krishtianu Ronaldu noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtidayoq Portugaliya terma jamoasi safiga qo'shiladi.
"Federatsiya, murabbiy, barcha jamoadoshlari bir xil fikrda: biz Krishtianuning qaytishini xohlaymiz. U ham qaytishga tayyor. Noyabr oyidagi xalqaro tanaffus paytidayoq uning qaytishini kutyapman", – dedi Proensa.
Ronaldu Millatlar Ligasi doirasidagi Daniyaga qarshi o'yin arafasida, 30-sentyabr kuni Kopengagenda bosh murabbiy Jorji Jezush bilan yuz bergan kelishmovchilikdan so'ng terma jamoa qarorgohini o'zboshimchalik bilan tark etgandi. Krishtianu Norvegiyaga qarshi bahsda maydonga tushmadi va murabbiyni o'yin vaqti bo'yicha og'zaki kelishuvlarni buzganlikda aybladi.
Keyinchalik Ronaldu terma jamoadan ketib qolgani uchun uzr so'radi va milliy jamoada o'ynash istagini saqlab qolgan holda har qanday jazoni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Rasman: Ronaldu noyabr oyida Portugaliya terma jamoasiga qaytadi
Administrator3 soat oldin61 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Sport
Rustam Qosimjonov: “2000-yilda Olimpiadada medal olganimda menga Tiko berishgan”
30-sentabr, 2026, 02:1942

Sport
Shaxmatdagi tarixiy g‘alaba: sportchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
28-sentabr, 2026, 23:2452

Sport
“Real Madrid”da parokandalik! Jamoa ich-ichidan yemirilmoqda, chunki xoin bor...
8-may, 2026, 08:53923

Sport
Ronaldu oilasi bilan Saudiya Arabistonini tark etdi
4-mart, 2026, 04:09100