Qorong‘i rejim
Sport

Hokimlarning sport masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etiladi

Akmal Eshonxonov29 ko'rishlar
Hokimlarning sport masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etiladi

Özbekistonda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarida sport masalalari böyiça maslahatçi lavozimi taşkil etiladi. Bu Prezidentning 16-noyabrdagi qarorida belgilangan.

Qarorga köra, maslahatçi etib Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining hududiy bölinmasi ijroçi direktori belgilanadi. U tegişli hokimliklar tomonidan Sport vazirligi va Milliy olimpiya qömitasi bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Maslahatçining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • aholi, ayniqsa yoşlarni ommaviy sportga jalb etiş va bu borada tuman-şahar hokimliklari bilan hamkorlik qiliş;

  • olis va çekka mahallalarda sport inşootlarini barpo etiş, maktablar va sport muassasalarida tögaraklar faoliyatini kengaytiriş;

  • «Prezident Olimpiadasi» musobaqalarining hududiy bosqiçlarini taşkil etiş;

  • hududiy terma jamoalarning respublika va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli iştirokini taʼminlaş;

  • mahalliy hokimliklarning Sport vazirligi, olimpiya va paralimpiya qömitalari hamda sport federatsiyalari bilan hamkorligini yölga qöyiş.

Qarorda maktablarda kamida bittadan sport tögaragi taşkil etilişi ham belgilangan. Şuningdek, 2027-yil 1-yanvardan «ERP sport» tizimi orqali sport musobaqalari ğoliblari va sovrindorlariga QR-kodli diplom hamda sertifikatlar elektron şaklda beriladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Hokimlarning sport masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etiladi | Effect.uz