2027-yilgi Turkiş Airlines Ispaniya Superkubogi (Supercopa de España) uçun sanoqli kunlar qoldi. Ispaniyaning yetakçi klublari - “Real Sosyedad”, “Real Madrid”, “Barselona” va “Atletiko Madrid” 2-6-fevral kunlari Istanbulda özaro kuç sinaşadi.
Formula 1® Turkiya Gran-prisi va Yevropa öyinlari qatorida uşbu nufuzli turnir ham Istanbulning 2027-yilgi sport taqvimidan joy oladi. Musobaqa butun dunyodagi futbol muxlislariga yuqori saviyadagi futbolga boy, unutilmas onlarni taqdim etadi. 2027-yilning dastlabki yirik futbol tadbiriga çipta xarid qilmoqçi bölgan muxlislar www.supercopa2027.com saytiga murojaat qilişlari mumkin. Çiptalar allaqaçon sotuvda.
Musobaqada La Ligani dastlabki ikki örinda yakunlagan jamoalar hamda Ispaniya Kubogi (Copa del Rey) finalçilari iştirok etadi. Yarim final bahslarida amaldagi çempion “Barselona” “Atletiko Madrid”ga qarşi, “Real Sosyedad” esa “Real Madrid”ga qarşi maydonga tuşadi.
Turkiya 2027-yilgi turnirga ilk bor mezbonlik qiladi. Hayajonga boy beş kun davomida muxlislar Istanbuldagi uçta yetakçi stadionda ötkaziladigan uçta muhim uçraşuv - ikki yarim final va katta final bahsiga guvoh böladilar.
Ispan futbolining eng yirik jamoalari Istanbulda uçraşadi
Tört jamoa iştirokida nokaut tizimida har yili ötkaziladigan Turkiş Airlines Ispaniya Superkubogi doirasida La Ligani dastlabki ikki örinda yakunlagan jamoalar Ispaniya Kubogi finalçilari bilan kuç sinaşadi. Uşbu formatga köra, 2-fevral kuni Şukru Saraçöğli sport majmuasida “Barselona” va “Atletiko Madrid” örtasidagi ilk yarim final bahsi bölib ötadi. 3-fevral kuni esa Beşiktoş stadionida “Real Sosyedad” va “Real Madrid” ikkinçi yarim final uçraşuvida maydonga tuşadi.
Yarim final ğoliblari 2027-yil 6-fevral kuni Ali Sami Yen sport majmuasida bölib ötadigan katta finalda kuç sinaşadilar. Uşbu uçta maşhur stadionda ötkaziladigan turnirga jami 150 000 dan ortiq tomoşabin taşrif buyurişi kutilmoqda.
Istanbul: futbol va boqiy joziba uyğunlaşgan şahar
Istanbul yirik xalqaro futbol musobaqalariga mezbonlik qiliş borasida katta tajribaga ega. Şahar 2005 va 2023-yillarda UEFA Çempionlar ligasi finallarini, şuningdek, 2026-yilda UEFA Yevropa ligasi finalini muvaffaqiyatli ötkazgan. 2027-yilgi Turkiş Airlines Ispaniya Superkubogi doirasida Ispaniyaning tört nufuzli futbol klubini qabul qilişi esa uşbu tarixdagi yana bir muhim voqea böladi. Bu, ayni paytda, Istanbulning jahon miqyosidagi yirik sport markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Turkiş Airlines Ispaniya Superkubogini tomoşa qiliş uçun Istanbulga keladigan futbol muxlislari beş kunlik taşrifini unutilmas şahar sayohatiga aylantirişlari mumkin. Zero, tarix nafasi ufurib turadigan, gastronomik lazzatlar va köngiloçar tadbirlarga boy bu şaharning har bir göşasida öziga xos möjiza yaşiringan. Mehmonlar maydondagi hayajondan taşqari, Istanbulning maşhur tarixiy obidalarini tomoşa qilişlari, Bosfor böylab sayohatga çiqişlari, xarid qiliş zavqidan bahramand bölişlari hamda şaharning Yevropa va Osiyo qismlaridagi öziga xos muhitni his etişlari mumkin.
Istanbul har qanday didga mos taomlarga boyligi va jahon gastronomiya poytaxtlaridan biri ekanini yana bir bor namoyon qiladi. Şahardagi önlab restoranlar MIÇELIN Guide röyxatidan joy olgan.
Istanbuldagi Turkiş Airlines Ispaniya Superkubogi Turkiyaning Madaniyat va turizm hamda Yoşlar va sport vazirliklari, Saudiya Arabistoni Qirolligining Köngiloçar tadbirlar boş boşqarmasi, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF), Turkiya futbol federatsiyasi (TFF), Sela Events va Hezarfen Ajans hamkorligida taşkil etiladi.




