Sport

Futbol böyiça Osiyo Kubogi muddati köçirildi

Akmal Eshonxonov51 ko'rishlar
Futbol böyiça Osiyo Kubogi muddati köçirildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Saudiya Arabistonidagi mahalliy taşkiliy qömita hamda mamlakat futbol federatsiyasi bilan kelişgan holda 2027-yilgi Osiyo Kubogining ötkaziliş sanalarini özgartirdi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan musobaqa endi 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargaça bölib ötadi. Muddatning özgartirilişiga mintaqadagi logistika murakkabliklari, sayohat bilan boğliq çeklovlar va favqulodda vaziyatlar sabab bölgan.

Maʼlumotlarga köra, Saudiya Arabistonidagi xavfsizlik vaziyatining yomonlaşuvi sababli musobaqani keyinroq muddatga köçiriş masalasi joriy yilning oktyabr oyidan buyon muhokama qilib kelingan. OFK prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa avvalroq konfederatsiya vaziyatni kuzatib borayotganini va zarurat tuğilsa, Osiyo Kubogini keçiktirişi mumkinligini bildirgan edi. U musobaqani 2028-yilda ötkaziş ehtimolini ham tilga olgan.

Maʼlumot uçun, 19-Osiyo Kubogi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xubar şaharlarida ötkaziladi. Unda 24 ta terma jamoa iştirok etadi. Özbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya, Şimoliy Koreya va Bahrayn bilan birga “B” guruhidan joy olgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Futbol böyiça Osiyo Kubogi muddati köçirildi | Effect.uz