Jamiyat

Qo‘shni davlatdan kelgan narkosavdogarlar ushlandi 

Administrator49 daq oldin22 ko'rishlar
Qo‘shni davlatdan kelgan narkosavdogarlar ushlandi 

Giyohvandlik — bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, aholi salomatligi va yosh avlod kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan global muammolardan biri. U insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, oilalar tinchligiga putur yetkazib, jinoyatchilikning ortishiga va ijtimoiy barqarorlikning buzilishiga sabab bo‘ladi.
 
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.
 
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi narkotik modda savdosiga chek qo‘yildi.

Jumladan, 1972 va 1976-yillarda tug‘ilgan 2 nafar qo‘shni davlat fuqarosi sof og‘irligi 2 kg 18 gr bo‘lgan “opiy” moddasini aylanma yo‘llar orqali mamlakatimiz hududiga olib kirib, Toshkent viloyatida shartli xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalilllar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Qo‘shni davlatdan kelgan narkosavdogarlar ushlandi  | Effect.uz