Qarşi şahridagi köp qavatli uy xonadonlaridan birida gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida yonğin yuzaga keldi. Hodisa natijasida ikki kişi kuyiş jarohatlari bilan şifoxonaga murojaat qilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga köra, hodisa 22-noyabr kuni soat 00:28 da Botoş mahallasida joylaşgan köp qavatli uyning ikkinçi qavatida sodir bölgan.
Çaqnaşdan söng yuzaga kelgan yonğin qutqaruvçilar tomonidan qisqa vaqt içida öçirilgan. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro kuyiş jarohatlari bilan şifoxonaga murojaat qilgan. Vafot etganlar yöq.
Ayni vaqtda masʼul idoralar hodisaning kelib çiqiş sabablari va holatlarini aniqlaş böyiça suriştiruv işlarini olib bormoqda.




