Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida yaşovçi fuqaroning xonadonidan qölbola usulda yasalgan öqotar qurol, pnevmatik qurol va törtta ötkir tiğli piçoq aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, holat «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi doirasida aniqlangan.
Çirçiq şahridagi Maʼrifat mahallasida yaşovçi fuqaroning uyi közdan keçirilganda, porox yordamida öq uzişga möljallangan qölbola qurol hamda Ispaniyada işlab çiqarilgan «Şadow Ming» rusumli, 5,5 kalibrli pnevmatik qurol topilgan.
Şuningdek, xonadondan turli körinişdagi törtta ötkir tiğli piçoq aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (öqotar qurol, öq-dorilar, öqotar qurolning asosiy qismlari, portlovçi moddalar, portlatiş vositalari yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat işi qözğatilgan.




