«Turonbank» boşqaruvi raisi Çori Mirzayev yirik miqdordagi mablağlarni özlaştirişda gumonlanib, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan uşlangani aytilmoqda.
Bu haqda Kun.uz öz manbasiga tayanib xabar berdi. Naşr manbasi uşbu maʼlumotni tasdiqlagan.
Çori Mirzayev 2016-yil 23-sentyabrdan buyon «Turonbank» boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uçun, Çori Mirzayev 1971-yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tuğilgan. U Toşkent viloyati Bekobod tumani hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinovning yaqin qarindoşi hisoblanadi.
Hozirça uşbu holat yuzasidan rasmiy idoralarning izohi keltirilmagan.




