Qorong‘i rejim
Jamiyat

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi

Akmal Eshonxonov7 ko'rishlar
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi ortib bormoqda. 2026-yil sentyabr–oktyabr oylarida metro xizmatidan 61,7 million nafar yölovçi foydalangan. Bu 2025-yilning şu davriga nisbatan 20 foiz köp.

Metropoliten maʼlumotiga köra, bugungi kunda metro kuniga 1,2 million nafardan ortiq yölovçiga xizmat körsatmoqda.

Hozirda metro vagon parkida 55 ta zamonaviy va xizmat muddatini ötab bölgan 30 ta eski harakat tarkibi mavjud. Yangi poyezdlar 1 300 nafargaça, eskilari esa örtaça 1 000 nafargaça yölovçi taşiş imkoniyatiga ega.

Yölovçilar oqimi yuqori bölgan bekatlarga qöşimça zaxira poyezdlari yönaltirilmoqda, poyezdlar orasidagi intervallar ham imkoniyat darajasida qisqartirilgan.

Şuningdek, 2027–2028-yillarda Toşkent metropoliteni uçun 28 ta beş vagonli zamonaviy poyezd xarid qiliş rejalaştirilgan. Mavjud 40 ta zamonaviy harakat tarkibiga qöşimça vagonlar örnatilib, ulardagi vagonlar sonini beştaga yetkaziş ham közda tutilgan.

Metropoliten maʼmuriyati yölovçilarni gavjum bekatlar örniga muqobil bekatlardan foydalanişga, poyezdning faqat boş va oxirgi emas, örta vagonlariga ham çiqişga çaqirdi.

Şuningdek, poyezdga çiqişdan oldin tuşayotgan yölovçilarga yöl beriş, manzilga yaqinlaşganda eşiklar tomon oldindan harakatlaniş va xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş söraldi.

Maʼlumot uçun, metropoliten keltirgan körsatkiçlarga köra, Çilonzor bekatidan kuniga örtaça 60–65 ming, Mirzo Uluğbek bekatidan 20–25 ming nafar yölovçi foydalanadi. Xalqlar döstligi bekatida bu körsatkiç 35–40 ming, Milliy boğ bekatida esa 6–8 ming nafarni taşkil etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi | Effect.uz