7 yillik tarix — bir jamoa, turli taqdirlar va yagona maqsad!
Effect.uz jamoasi özining 7 yillik yubileyi munosabati bilan öziga xos loyiha tayyorladi. Bu safar jamoa aʼzolari özlarini GTA 6 öyini qahramonlari obrazida namoyon etib, öz faoliyati, bosib ötgan yöli va tahririyat bilan boğliq xotiralari haqida sözlab berişdi.
Uşbu loyiha orqali jamoa aʼzolarining nafaqat kasbiy faoliyati, balki şaxsiy keçinmalari, tajribasi va Effect.uz bilan boğliq samimiy fikrlari ham aks etdi.
Yetti yillik tarixni yaratgan insonlar, ularning xotiralari va bir maqsad yölidagi mehnati — quyidagi materialda.
Abror Eshonxonov
Assalomu aleykum hurmatli oilamiz aʼzolari, qadrli obunaçilar! Bugun men uşbu murojaatnomani şinam ofisda özim orzu qilgandek jamoam qurşovida sizlarga yöllamoqdaman.
Lekin 7 yil oldin barçasi boşqaça edi... Yaratgan egamning özining inoyati ila 2019-yil noyabr oyida Akmal Eşonxonov www.effect.uz veb saytiga asos soldi.
Dastlab sayt öz faoliyatini Namangan viloyatining toğli hududida joylaşgan Kosonsoy tumanida birgina işçi bilan boşladi, yaʼni kamina bilan.
Birinçi ofisimiz esimda... Xalq tili bilan aytganda “Paynet” sifatida işlagan bu törtga tört xona bizga ofis sifatida ham xizmat qilgan.
Keyinçalik boş ofisimiz Poytaxtga köçdi, safimizga Ruxsora Baxromzoda, Elyorbek Tojiboyev, Abdurahim Sangilov va Bekzodbek Rahmonov qöşildi.
Faoliyat Poytaxtga köçgani bilan, bizda vaziyat unçalik yaxşi emasdi, xodimlarga yetarliça texnika yetkazib bera olmaganligimiz tufayli ular masofadan işlaşga majbur edilar.
Bu ham yetmagandek 2020-yil koronavirus pandemiyasi boşlandi, barça karantinda ötirgan vaqtda effektçilar katta sahnaga çiqdi, Akmal Eşonxonov va Ruxsora Bahromzoda dueti öz jonini xatarga qöyib bölsa-da “içkari”dagi vaziyatni yoritib, nomaʼlum xavfli virus tufayli sarosimaga tuşib qolgan xalqimizning sal bölsa-da könglini xotirjam qilişga sabab bölişgan desak adaşmaymiz.
2021-yil masofadan işlagan xodimlar bir ofisga yiğildi, jamoamiz asosan yoş kadrlardan iborat edi, ular: Abror Poyonov (IIV xodimi), Humoyun Oripov (Daryo.uz internet naşri jurnalisti), Fazliddin Mehmonov (Demokrat.uz asosçisi), Berunşoh Umurov, Xayrulla Örozov (dasturçi), Sayfullo Isaxonov (sobiq effect.uz xodimi) edilar...
Saytimiz rivojlangani sari, jamoamizga sekin asta yangi “qon”lar qöşila boşladi.
Ular:
Aʼzam Xöjaqölov, Abdulloxon Isroilxonov, Javohir Qadamov, Dinara Qurbonboyeva, Behruzbek Şoimqulov, Ibrohim Usmonov, Asadbek Komilov, Davron Hasanov, Davron Holboyev, Habib Jöraboyev, Sanjar va Diyorbek Bazarbeav, Muhammad Ali Qozoqov, Akbar Nurimbetov, Kamola Qurbonova, Nilufar Yoriqulova, Şahzoda Raimova, Mohinur Hamdamova, Hilola Ilaşova, Zebiniso Saparboyeva, Marjona Qodirova, Ramziddin Zayniddinov, Suhrob Umarov, Mohiniso Ahatova, Oybek Törayev va boşqalar...
Ulardan köpçiligi bizdan uzoqda, lekin ularning Effect.uz uçun qilingan mehnatlari doimo qadrlanadi va şu fursatdan foydalanib, sizlarga baralla RAHMAT deb aytmoqçiman. Aytgança qiyin vaqtda tahririyatimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib, saytimiz rivojiga öz hissasini qöşgan “Dodasi TV” YouTube kanali asosçisi Maşhur Nazarni ham unutmaymiz!
Agarda röyxatning orasida özingizni topolmagan bölsangiz hafa bölmang, sizning mehnatingiz tufayli şu kungaça yetib keldik.
Aytgança, effektçilar qisqa 7 yil davomida köplab pastu-balandliklardan ötişdi, köplab qurbonliklar böldi, ammo biz töxtamadik, töxtamaymiz ham! Negaki, bizning oilamiz hozir milliondan oşdi va xalqimiz bizdan rozi, demak BIZ maqsad sari hali ham bir yöldamiz...
Sözimning oxirida siz qadrdon obunaçilarimizga ayni vaqtda tahririyat uçun javlon urayotgan effektçilarning dil izhorlarini havola qilmoqçimiz. Agarda qiyin bölmasa, siz ham öz fikringizni qoldirişingiz mumkin!

Hilola Ilaşova
Jurnalistika şunday kasbki, u insonni doimo öz ustida işlaşga, bilimini oşirişga, har qanday vaziyatda taslim bölmaslikka va faqat olğa intilişga undaydi. Men bularning barçasini Effect.uzʼdagi faoliyatim davomida anglab yetdim.
Uşbu jamoaga qöşilganimga bir yildan oşdi. Bu vaqt davomida turli vaziyatlarga duç keldim. Quvonçli lahzalar meni xursand qilgan bölsa, qiyinçiliklar katta saboq böldi. Eng muhimi, Effect.uzʼda jurnalistika sohasida juda köp bilim va tajriba orttirdim.
Bizni qöllab-quvvatlab kelayotgan barçaga samimiy minnatdorlik bildiraman. Inşaalloh, Effect.uz bundan-da yuksak marralarni zabt etadi. Men bunga çin dildan işonaman!

Nilufar Yoriqulova
Bir yil oldin bu jamoaga kelganimda, jurnalistika haqida deyarli heç narsani bilmas edim. Bu yerda köp narsani örgandim. Baʼzilarini özim örganişga harakat qildim, baʼzilarini esa menga sabr bilan örgatişdi.
Bir yil içida quvongan kunlarim ham, çarçagan, qiynalgan paytlarim ham böldi. Baʼzan uddalay olamanmi, deb öylagan vaziyatlarim ham böldi. Lekin har bir qiyinçilik ortida bir saboq, har bir topşiriq ortida yangi tajriba borligini tuşundim.
Effect.uz menga faqat kameraga qarab gapirişni emas, fikrlaşni, voqealarga turli tomondan qaraşni ham örgatyapti. Eng muhimi, jurnalist böliş faqat xabar yoziş emasligini, bu kasb ortida katta masʼuliyat borligini his qildim.
Bu yölda menga işonç bildirgan, örgatgan, xatolarimni töğrilagan insonlarga, butun jamoamizga rahmat!
Bugun Effect.uz 7 yoşda. Men esa şu yetti yillik tarixning bor-yöği bir yiliga guvoh böldim. Ammo bu bir yil men uçun juda köp narsani anglatadi.
Saytimizning öz yöli, öz qaraşlari bor. Tanqid qilişdan, noqulay savollar berişdan, muammolarni kötarişdan çöçimaydigan jamoamiz bor. Şundayligiça qolişini istayman.
Hali köp yillar birga işlaş, köp narsalarni örganiş va yaxşi natijalarga erişiş nasib qilsin. Eng muhimi, jamoamiz hamişa bir butun bölsin!

Şahzoda Raimova
Effect.uz men uçun yangi imkoniyatlar, tajriba va izlanişlar boşlangan maskan.
Bu jamoaga qöşilganimga bir yildan oşdi. Şu vaqt içida turli voqealarning guvohi böldim, köplab insonlar bilan suhbatlaşdim, quvonçli va murakkab vaziyatlarni boşdan keçirdim.
Bularning barçasi menga nafaqat jurnalist sifatida, balki inson sifatida ham köp narsani örgatdi.
Hali oldimda örganişim kerak bölgan narsalar, amalga oşirmoqçi bölgan rejalarim köp. Inşaalloh, hali birgalikda köplab yutuqlarga erişamiz!

Jonibek Abdumalikov
Men Joni, videograf va montajçi sifatida Effect.uz jamoasiga 2026-yil 29-may kuni kelganman. Özimni yangi yönalişda sinab körişni xohladim, lekin bu oson bölmadi. Bir hafta içida jamoa bilan tanişdim, hamkasblar bilan hazillaşib, tortişişga ham ulgurdim.
Ha, bu jamoaga kelganimga hali köp bölgani yöq. Ammo şu vaqtgaça bu yerda ötkazgan kunlarimdan heç ham afsuslanmayman. Masalan, menga jamoadagi muhit va hamkasblarim juda yoqdi. Ular qisqa vaqt içida men uçun qadrdon insonlarga aylanişdi. Töğri, kamçiliklar ham yöq emas. Lekin bu jamoa emas, bir oila. Şuning uçun ham uning kamçiliklariga köz yumişga arziydi.
Bu oilada yillar davomida qolmasligim mumkin. Ammo mening maqsadim — Effect.uz uçun foydali iş qoldiriş. Kelajakda meni eslaşganda, yomon xotiralar emas, yaxşi nom va ezgu iz qoldirişni istayman. Agar men tayyorlayotgan videolar va montaj işlari kimgadir foyda keltirsa, bundan faqat xursand bölaman.
Obunaçilarimizga aytadigan yagona sözim: bizdan uzoqlaşmang! Xalq manfaati yölida birgalikda yeçim topamiz.
7 yoş muborak, Effect.uz!

Habib Jöraboyev
Men 2022-yilda Effect.uz jamoasiga kelganman. Muxbirlik, jurnalistika, operatorlik va montaj işlarining barçasini şu yerda örgandim. Bu maskanni öz uyim, öz oilamdek qabul qildim. Sohaga oid köplab bilim va tajribalarni aynan şu yerda orttirdim.
Aslida, yozadigan gaplarim, xotiralarim talaygina. Biroq işimiz köp.
7 yoşimiz muborak bölsin! Jamoamizga omad va ulkan zafarlar tilayman!

Mohinur Hamdamova
Mening Effect.uz jamoasiga kelganimga bir yildan ortiq vaqt böldi.
Ortga qarasam, şu bir yildan ziyod vaqt davomida qança voqealar, qança uçraşuvlar va qança kutilmagan vaziyatlarni boşdan keçirganimni yaxşi bilaman. Bu davr men uçun har doim ham oson keçmadi.
Baʼzan bir material ortidan kutilmagan qiyinçiliklarga duç keldim. Baʼzan javob oliş uçun qayta-qayta murojaat qilişga, öz pozitsiyamni asoslaşga, turli munosabat va bosimlarga qaramay, işni oxiriga yetkazişga töğri keldi. Odamlarning dardini eşitiş, ularning muammolarini xolis yoritiş, voqea joyida böliş va har bir aytilgan söz uçun masʼuliyatni his qiliş oson bölmadi.
Sud jarayonlari, fuqarolarning yillar davomida yeçimini kutayotgan muammolari, masʼullar tomonidan ehtimoliy bosimlarga duç keliş, baʼzan esa oddiy savolga ham aniq javob oliş uçun kuraşiş — bularning barçasi kasbiy tajribamning bir qismiga aylandi.
Albatta, şu yölda xato qilgan, çarçagan, tuşkunlikka tuşgan, hatto rahmat eşitganimda közlarimga yoş kelgan paytlarim ham böldi. Lekin har bir qiyin vaziyat menga sabrliroq va qatʼiyatliroq bölişni örgatdi. Eng muhimi, özimga bölgan talabni oşirdi. Bugun keçagi kunimga qaraganda köproq narsani bilaman, köproq masʼuliyatni his qilaman va oldimga qöygan maqsadlarimga yanada jiddiyroq qarayman.
Effect.uz menga özimni sinab köriş, imkoniyatlarimni kaşf etiş va jurnalist sifatida şakllaniş uçun katta imkoniyat berdi. Buning uçun menga işongan, baʼzan tösqinlik qilgan va qiyin vaziyatlarda qöllab-quvvatlagan insonlardan minnatdorman.
Bugun Effect.uz 7 yoşda. Jamoaning bugungi natijalarida mehnati singgan har bir insonni tabriklayman. Oldinda hali talaygina rejalarimiz, maqsadlarimiz va erişişimiz kerak bölgan marralar bor.
Men esa hali bu yölning boşidaman.
7 yoşing muborak bölsin, Effect.uz!

Sanjar Bazarabayev
Effect.uz jamoasiga kelganimga bir yarim yil böldi. Bu yerga ilk bor kelganimda heç narsani bilmas edim. Şu jamoada operatorlikni, montaj qilişni, odamlar bilan muomala qilişni, qonun-qoidalarni örgandim. Yangi akalar topdim, ozmi-köpmi tajriba orttirdim.
Bu yerga kelganimdan boşlab meni öz ukasidek körgan akalarim — Akmal aka, Begzod aka, Muhammadali aka, Abror aka, Davron aka, ustozim Habib aka, Otabek aka va Jonibek akadan har biri özim uçun kerakli bölgan köplab narsalarni örgandim. Ularning har biri mening şakllanişimda öz örniga ega.
Bugun Effect.uz taşkil etilganiga 7 yil böldi.
Öylaymanki, uşbu jamoada yana köp yillar oiladek ahil bölib birga işlaş nasib qiladi.
Effect.uz, 7 yoşing muborak bölsin!

Diyorbek Bazarbayev
EFFECT.UZ — 7 YoŞDA!
Yetti yil — bu şunçaki vaqt emas. Bu izlanişlar, mehnat, jasorat, haqiqat yölidagi qatʼiyat va katta masʼuliyat bilan bosib ötilgan yöldir.
EFFECT.UZ jamoasining bir qismi böliş men uçun alohida şaraf. Bu dargoh menga jurnalistika nafaqat kasb, balki jamiyat oldidagi masʼuliyat, haqiqatga sadoqat va xolislik ekanini yanada çuqurroq anglatdi.
Uşbu yillar davomida turli voqealar, murakkab jarayonlar va dolzarb mavzular ortida bir maqsad — jamoatçilikka haqqoniy axborot yetkaziş tamoyili mujassam böldi.
Albatta, bosib ötilgan yölda yutuqlar ham, sinovlar ham böldi. Ammo eng muhimi, EFFECT.UZ öz yöli, öz uslubi va öz pozitsiyasiga ega bölgan axborot maydoni sifatida şakllandi.
EFFECT.UZʼga 7 yoş muborak bölsin!
Kelgusida ham qalamimiz ötkir, pozitsiyamizning qatʼiyati mustahkam, haqiqatga bölgan sadoqatimiz esa özgarmas bölsin!
Haqiqatni yoziş — masʼuliyat, uni himoya qiliş esa jasoratdir!

Otabek Umarov
Bugun EFFECT.UZning 7 yilligi nişonlanmoqda!
Şu munosabat bilan men ham qalbimdagi dil izhorlarimni bildirmoqçiman.
Men bu oilaga 2022-yil oxiri — 2023-yil boşlarida kelib qöşilganman. Bunga rahbarimiz Akmal akam sababçi bölganlar. Eng qiyin paytimda qöl çözib, meni şu jamoaga olib kelganlar. Öşa paytlarda faqat operatorlik bilan şuğullanardim. Orada ayrim sabablarga köra tanaffus qildim, ammo qaytganimga ham mana, bir yil böldi!
Qaytganimda boşida biroz qiyindek tuyuldi: jamoada yangilar köp, hamma öz işi bilan band, göyo hazil-huzul ham yöqdek edi. Montajni mukammal örgangunimça ança gap ham eşitdim. Ammo öşa tanbehlar men uçun katta saboq böldi. Bugun esa ham operatorlikda, ham montajda öz örnimga egaman. Buni rahbarimning menga bildirgan işonçi va bergan tanbehlari samarasi deb bilaman!
Bugun esa jamoadagi har bir inson men uçun oila aʼzosidek yaqin. Işdan taşqari vaqtlarda birga «Mafiya» öynaymiz, kvestlarga boramiz, hazil-huzul qilamiz.
Boşimizdan oğir kunlar ham, quvonçli damlar ham ötdi. Lekin birgalikda şu marragaça yetib keldik. Hammangizga rahmat! Sizlarni yaxşi köraman! Yozay desam, gaplar köp... Ha mayli, asosiysi, boşimiz omon bölsin, bizga bildirilgan işonçni birgalikda oqlasak böldi!
EFFECT.UZ — bu işonç, bu oila, manfaatlar töqnaşuvidan xoli va senzurasiz yagona maydon! Eng muhimi, men öz işimni sevaman, çunki bizda tezlik, sifat va masʼuliyat bor.
Dildagi barça gaplarimni yozay desam, öqişga erinib qolasizlar, deb öyladim.
7 yilligimiz muborak bölsin, qadrdonlar! EFFECT.UZ — maqsad sari birgalikda!

Davron Xolboyev
Effect.uz — hayotimning 6 yili
Bundan roppa-rosa 6 yil avval Effect.uz ostonasiga ilk bor qadam qöygan edim. Öşanda oldimda katta orzular, rejalar va jurnalistika olamiga bölgan qiziqiş bor edi.
Vaqt ötib, bu maskan hayotimning ajralmas qismiga aylandi. Şu yerda ulğaydim, tajriba orttirdim, köp narsani örgandim. Turli insonlar bilan uçraşdim, quvonçli va murakkab vaziyatlarni boşdan keçirdim. Baʼzan birgina material ortida qança mehnat, izlaniş va masʼuliyat turişini angladim.
Olti yil — oz muddat emas. Bu vaqt içida qança voqealar, qança suhbatlar, qança xotiralar ortda qoldi. Eng muhimi, keçagi men bilan bugungi men örtasida katta farq bor.
Effect.uz men uçun şunçaki iş joyi emas. Bu — hayotimning muhim sahifasi, kasbiy şakllanişimdagi katta maktab.
Olti yil avval bu yerga qanday orzular bilan kelgan bölsam, bugun ortga nazar taşlab, bosib ötgan yölimni sarhisob qilyapman.
Har bir maskanning inson hayotida öz örni böladi. Effect.uzʼning mening hayotimdagi örni esa alohida.
Effect.uz — hayotimning bir bölagi!

Muhammad Ali Qozoqov
Effect.uz — haqiqat va masʼuliyat minbari!
Effect.uz bugungi kunda axborot olamida qörqmasdan haqiqatni aytadigan, mavjud muammolarni oçiq olib çiqadigan kam sonli internet naşrlaridan biridir.
Faoliyatim davomida bu jamoaga kelgunimga qadar köplab joylarda, jumladan, telekanallar va davlat idoralarida işlaganman. Bu jarayonlarda ança tajriba orttirdim. Biroq faoliyatim maʼlum bir belgilangan doira bilan çeklangan edi.
Effect.uzʼdagi faoliyatimga ikki yarim yildan oşdi. Bu yerda erkin ijod qilişni boşladim. Köplab lavhalar tayyorladik, insonlar bilan işlaşga kirişdik, kötarilayotgan muammolar kölami kengaydi. Bularning barçasi men uçun katta tajriba böldi, kasbiy malakamni yanada mustahkamladi.
Har safar fuqarolar murojaatlarini örganar ekanman, yelkamda Effect.uzʼning şaʼni va köp sonli hamkasblarimning qadr-qimmati turganini his qilaman. Bu esa meni har bir işga yanada masʼuliyat bilan yondaşişga undaydi.
Bir söz bilan aytganda, Effect.uz — men uçun ijodiy va hayotiy maktab.
7 yoşing muborak bölsin, Effect.uz! Faoliyating bardavom bölsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qil! Biz ham öz işimizga sadoqat bilan xizmat qilişda davom etamiz.
Bizga yaratilgan barça imkoniyatlar va bildirilgan işonç uçun rahbarimizga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Effect.uzʼni kuzatişda davom eting! Biz sizga voqealarning asl mohiyatini körsatamiz.

Davron Hasanov
Men Effect.uzʼdagi faoliyatimni 2020-yil noyabr oyida boşlaganman. Ilk kunlarimdanoq rahbarimiz bilan maslahatlaşib, bir maqsad yölida yelkama-yelka işladik, izlandik va birgalikda rivojlandik.
Bu yillar davomida qança mehnat qilingani, qança izlanişlar olib borilgani va qançadan-qança tajriba töplanganini söz bilan ifodalaş qiyin.
Xullas, bizning salohiyatimizga şubha qilsangiz, köp gapirişning hojati yöq. Biz yaratgan videomateriallarni tomoşa qiling. Ularda bizning mehnatimiz, izimiz va tariximiz mujassam.
Effect.uz — mehnatimiz va tariximiz!

Behzodbek Rahmonov
Effect.uz — men uçun haqiqat va masʼuliyat maktabi!
Effect.uz jamoasida faoliyat yuritiş men uçun nafaqat kasbiy tajriba orttiriş, balki jurnalistikaga bölgan qaraşimni yanada boyitiş imkoniyatidir.
Bu yerda har bir material ortida qançadan-qança mehnat, izlaniş va masʼuliyat borligini angladim. Jurnalist uçun eng muhimi — voqealarga befarq bölmaslik, insonlar dardini eşitiş va ularning muammolarini xolis yoritiş ekanini tuşundim.
Effect.uz menga öz fikrimni erkin ifoda etiş, dolzarb mavzularni kötariş va jamiyatdagi muammolarga jurnalistik nuqtai nazardan yondaşiş imkonini bermoqda.
Albatta, bu yölda qiyinçiliklar ham, örganişim kerak bölgan jihatlar ham köp. Ammo aynan şu jarayonlar insonni çiniqtiradi va kasbiy jihatdan rivojlantiradi.
Bugun Effect.uz taşkil etilganiga 7 yil töldi. Şu yillar davomida sayt öz auditoriyasi, öz uslubi va öz pozitsiyasiga ega bölgan axborot maydoniga aylandi. Uşbu jamoaning bir qismi ekanimdan mamnunman.
Jamoamizga, bizga işonç bildirib kelayotgan rahbariyatga va bizni doimo qöllab-quvvatlayotgan obunaçilarimizga minnatdorlik bildiraman.
7 yoşing muborak bölsin, Effect.uz!
Oldinda yanada katta marralar, yangi izlanişlar va ezgu maqsadlar bor. Haqiqat yölidagi faoliyatimiz bardavom bölsin!

Ruxsora Bahromzoda
Effect.uz — 7 yoşda!
Effect.uz mening siyosiy jurnalistikaga qöygan ilk qadamim edi. Saytning taşkil topişi va uning eng qiyin kunlari hali hamon yodimda. Imkoniyatlar çeklangan davrlardan bugungi imkoniyatlar zamonigaça qançadan-qança kuraşlar, izlanişlar va harakatlar böldi.
Sayt rahbari Akmal Eşonxonovning yöqlikdan borlikkaça qanday yetib kelganiga tirik guvohman.
Saytga asos solingan paytlarda duç kelingan tösiqlar va öşa davrlarni eslasak, bugungi kunlarni hatto tasavvur ham qilmagan edik. Bugun esa katta taşkilot, katta jamoa, obrö-eʼtibor va eng asosiysi, jamiyatda öz örnimizga ega böldik.
Effect.uz şunçaki sayt emas. U köplab insonlarning içki ovozi. Kimlar uçundir ilk qadam, kimlar uçundir dadil yurişlarga turtki böldi. Kimlar uçundir ğurur va oriyatga aylandi, yana kimlar uçundir najot beruvçi qalqon böldi.
Bugun şu tarix yozila boşlaganiga 7 yil bölibdi.
Bu davrni bir gödakning tuğilib, 7 yoşga tölişi bilan qiyoslasak, uning qanday tarbiya topayotgani, odob-axloqi haqida söz boradi. Effect.uz ham bu yillar davomida katta tajriba töplab, özini namoyon eta oladigan darajaga yetdi. Bugun nafaqat katta auditoriyamiz, balki xalqimizning yuksak işonçi ham bor.
Yetti yillik yubiley nafaqat bizning, balki bizni qöllab-quvvatlab kelayotgan xalqimizning ham bayramidir.
Sayt rahbari Akmal Eşonxonovga alohida tabrigimni yöllayman. Yutuqlaringiz bardavom bölsin! Siz buni uddaladingiz. Şu kunlarga birgalikda yetib kelganimizni körib turganimdan mamnunman.
Effect.uz, 7 yillik yubileying muborak bölsin!

Akmal Eşonxonov — bir jamoa, bir maqsad va yetti yillik tarix!
Har bir katta işning ortida uni boşlaşga jurʼat qilgan, qiyinçiliklarga qaramay davom etgan va öz maqsadiga işongan inson turadi. Effect.uzʼning bugungi darajaga yetişida ham ana şunday qatʼiyat, mehnat va işonç mujassam.
Sayt rahbari Akmal Eşonxonov bilan bir maqsad yölida yelkama-yelka işlab kelayotgan jamoa sifatida şuni aytişimiz mumkinki, bugungi natijalar osonlik bilan qölga kiritilmagan. Yölda tösiqlar ham, sinovlar ham, murakkab vaziyatlar ham köp böldi. Ammo har safar oldinga intiliş, yangi imkoniyatlar yaratiş va jamoani bir maqsad atrofida birlaştirişga bölgan harakat töxtamadi.
Rahbarlik faqat vazifa taqsimlaş yoki topşiriq beriş emas. Bu — jamoaga işonç bildiriş, har bir xodimning imkoniyatini köra biliş, kerak paytda qöllab-quvvatlaş, xatolardan töğri xulosa çiqarişga undaş va eng muhimi, masʼuliyatni öz zimmasiga olişdir.
Akmal Eşonxonov bizga nafaqat işlaş, balki fikrlaş, izlaniş, savol beriş, muammolarni kötariş va öz pozitsiyamizni himoya qiliş imkoniyatini berdi. Har birimiz bu jamoada öz yölimizni topdik, tajriba orttirdik va kasbiy jihatdan şakllandik.
Bugun Effect.uz öz auditoriyasi, öz qaraşlari va öz pozitsiyasiga ega bölgan axborot naşriga aylangan bölsa, bunda rahbarimizning mehnati va qatʼiyati alohida örin tutadi.
Albatta, oldimizda hali köplab rejalar, yangi loyihalar va zabt etiladigan marralar bor. Biz esa bir jamoa bölib, şu yölda mehnat qilişda davom etamiz.
Akmal aka, bizga bildirgan işonçingiz, yaratgan imkoniyatlaringiz va har birimizga bergan tajribangiz uçun rahmat! Baʼzan aytilgan tanbehlaringiz ham, qöllab-quvvatlagan paytlaringiz ham bugungi şakllanişimizda öz örniga ega.
Sizga mustahkam soğliq, kuç-quvvat, oilaviy xotirjamlik va yangi zafarlar tilaymiz. Biz hamişa bir maqsad — xalqqa xolis axborot yetkaziş va jamoatçilik işonçini oqlaş yölida birgamiz!
Effect.uzʼning 7 yilligi muborak bölsin!
Bir rahbar, bir jamoa, bir maqsad — haqiqat yölida! ❤️
Hurmat bilan, Effect.uz jamoasi.





