Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği G. Asadova birlaşmaga qaraşli Toşkent tumanlararo perinatal markazi mudiri lavozimiga tayinlangani bilan boğliq holat yuzasidan xizmat tekşiruvi yakunlandi.
Avvalroq EFFECT.UZ mazkur tayinlov haqida xabar berib, rahbarning öz turmuş örtoğini böysunuvidagi muassasa rahbari lavozimiga tayinlaşi manfaatlar töqnaşuvi nuqtai nazaridan qonuniymi, degan savolni kötargan edi.
Jamoatçilik eʼtiborini tortgan holat yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmasi bilan hamkorlikda örganiş ötkazildi. Toşkent viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi ham holatni nazoratga olgan.
Örganiş jarayonida kadrlar tayinlovi va qonunçilik talablariga rioya etilişi masalalari körib çiqildi. Xususan, Mehnat kodeksining 121-moddasida yaqin qarindoşlarning bevosita böysunuv yoki nazorat ostida işlaşiga doir çeklovlar belgilangan.
Tekşiruv natijasiga köra, mazkur holatda manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonunçilik talablari buzilgani aniqlangan. Şu munosabat bilan Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
Natijada Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadov bilan tuzilgan mehnat şartnomasi 26-oktyabrdan taraflarning kelişuviga asosan bekor qilingan. Maʼlum qilinişiça, şartnoma Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq tugatilgan. Şuningdek, uning turmuş örtoği G. Asadova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi ham bekor qilingan.
Şu tariqa, EFFECT.UZ avval kötargan masala böyiça xizmat tekşiruvi yakunlanib, mazkur tayinlovda manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonunçilik talablari buzilgani aniqlangan.




