Qorong‘i rejim
Jamiyat

Özbekistonda 42,8 ming gektar intensiv boğ va tokzorlar barpo etiladi

Akmal Eshonxonov6 ko'rishlar
Özbekistonda 42,8 ming gektar intensiv boğ va tokzorlar barpo etiladi

Özbekistonda joriy yilda 42,8 ming gektar maydonda sanoatlaşgan intensiv boğ va tokzorlar taşkil etiş belgilangan. Bu haqda Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi yetakçi mutaxassisi Farrux Möminov iştirokidagi brifingda maʼlum qilindi.

Prezidentning 2026-yil 9-iyundagi PF-108-son farmoniga muvofiq, bahor mavsumida 19,2 ming gektar maydonda yangi boğ va tokzorlar taşkil etilgan, 22,2 ming gektar eski boğ rekonstruksiya qilingan. Kuzgi mavsumda esa 25,7 ming gektarda yangi boğ va tokzorlar barpo etilmoqda.

Hozirga qadar 13,9 ming gektar yaroqsiz boğ buzilib, yer maydonlari ekişga tayyorlangan. Şuningdek, 4,6 ming gektar yer auksion va tegişli qarorlar asosida ajratilgan.

Bundan taşqari, 1 717 ta loyiha böyiça umumiy 20,2 ming gektar maydonda boğ barpo etiş uçun tadbirkorlarga texnik-iqtisodiy asoslar va texnik şartlar bepul tayyorlab berilgan.

Brifingda xalqaro hamkorlikdagi loyihalar ham tilga olindi. Jumladan, Eron bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida 1,3 ming gektar maydonda pista boği barpo etiş rejalaştirilgan.

Loyihaning birinçi bosqiçida 500 gektarga 4–6 yilda hosilga kiradigan, gektaridan 3 tonnagaça hosil berişi kutilgan serhosil pista navlari ekiladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda 42,8 ming gektar intensiv boğ va tokzorlar barpo etiladi | Effect.uz