Yölning bir qismi taʼmirlanmoqda, ammo davomi har yili taʼmirsiz qolib ketmoqda. Avtobus qatnovi ham töxtagan. Natijada aholi yöldan ham, jamoat transportidan ham qiynalayotganini aytmoqda.
EFFECT.UZ tahririyatiga yöllangan murojaatda Törtköl tumaniga tutaş hududdagi yölning Ellikqalʼa tumaniga qaraşli qismi bilan boğliq muammo kötarilgan.
Murojaatçiga köra, mazkur yölning Törtköl tumani hududidagi qismi hozir taʼmirlanmoqda. Biroq yölning taxminan 1–3 kilometrlik, Ellikqalʼa hududiga kiruvçi qismi har yili taʼmirsiz qolib ketmoqda. Uning taʼkidlaşiça, yölning holati transport harakati uçun jiddiy noqulaylik tuğdirmoqda.
«Yuqorida barça taşkilotlar bor. Iltimos, yöllarimizni bir tekşirsin, joylarni körib çiqsin», — deydi murojaatçi.
Muammo faqat yöl bilan çeklanmayotgani aytilmoqda. Murojaatda maʼlum qilinişiça, Törtköl tomondan Ellikqalʼa va unga yaqin hududlarga avval avtobuslar qatnagan. Ammo avtobus qatnovi taxminan ikki yildan buyon töxtagan.
Murojaatçi buning sababini yölning nosozligi bilan boğlamoqda. Uning aytişiça, yölning holati avtobuslar harakati uçun qiyinçilik tuğdirgani sababli qatnov töxtatilgan, aholi esa asosan yengil avtomobillar va taksilarga tayanişga majbur bölmoqda.
Murojaatda aytilişiça, ayrim taksilar 50 kilometrga yaqin masofa uçun 50–60 ming söm atrofida haq oladi. Bu esa aholi uçun qöşimça xarajat yuzaga keltirayotgani taʼkidlanmoqda.
Eng asosiy savol esa şu: Törtköl tomonida taʼmirlanayotgan yölning davomi Ellikqalʼa hududida nega har yili taʼmirsiz qolib ketmoqda?
Şuningdek, yöl infratuzilmasi bilan boğliq muammo tufayli aholi uçun muhim bölgan avtobus qatnovini qayta tiklaş imkoni bormi? EFFECT.UZ uşbu masala yuzasidan masʼul taşkilotlarning munosabatini örganişga tayyor.




