Sariosiyo tumanidagi 86-maktabga ajratilgan 100 million sömlik homiylik mablaği atrofidagi mojaro yangi savollarni yuzaga çiqarmoqda. Avval mablağ maktab rahbaridan talab qilingani haqida murojaat qilingan bölsa, endi masalani kötargan şaxs unga nisbatan işdan böşatiş, jinoiy iş qözğatiş va qamoqqa oliş bilan boğliq bosimlar bölayotganini iddao qilmoqda.
Murojaatçi bayoniga köra, toğli hududda joylaşgan Sariosiyo tumanidagi 86-maktab bitiruvçilaridan biri taʼlim muassasasiga 100 million söm homiylik mablaği ajratgan. Uning taʼkidlaşiça, tuman taʼlim bölimi rahbari Şerzod Boboyev uşbu mablağni maktab direktoridan talab qilgan.
Uşbu holat avvalroq EFFECT.UZ tomonidan yoritilgan edi. Jamoatçilik eʼtiborini tortgan mojaro yuzasidan Surxondaryo viloyati taʼlim boşqarmasi ham rasmiy munosabat bildirgan. Biroq murojaatçi masala yoritilganidan keyin vaziyat yanada jiddiy tus olganini aytmoqda.
Uning taʼkidlaşiça, unga nisbatan içki işlar organlari va prokuratura tomonidan bosim bölgan. Murojaatçi hatto Surxondaryoga qaytsa, uşlanişi va jinoiy iş qözğatilişi mumkinligidan xavotirlanayotganini bildirdi.
Şuningdek, u Taʼlim va ilm-fan vazirligiga murojaat qilganini, biroq qabul jarayonidan qoniqmaganini aytdi. Murojaatçi qölida 100 million sömlik holatga oid audioyozuvlar, hujjatlar va boşqa dalillar borligini bildirgan.
Uning aytişiça, vazirlikdagi qabul vaqtida mazkur materiallarni töliq eşitiş va körib çiqişga yetarliça imkoniyat berilmagan.
Murojaatçi, şuningdek, Şerzod Boboyevning yuqori lavozimda işlovçi ayrim şaxslar bilan qarindoşlik aloqalari borligini va bu unga taʼsir doirasini kengaytiriş imkonini berayotganini daʼvo qilmoqda. Biroq bu maʼlumotlar EFFECT.UZ tomonidan mustaqil ravişda tasdiqlangan emas.
Eʼtiborli jihati — mazkur işda bir neçta savol bir nuqtada tutaşmoqda: 100 million sömlik homiylik mablaği haqiqatan kim tomonidan va nima maqsadda talab qilingan? Murojaatçining qölidagi audioyozuv va hujjatlarga huquqiy baho berilganmi? Unga nisbatan jinoiy iş qözğatiş bilan boğliq harakatlar mavjud bölgan bölsa, buning asosi nimadan iborat?
Eng muhimi, bu savollarga faqat murojaatçining bayonoti emas, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va Taʼlim va ilm-fan vazirligining rasmiy pozitsiyasi ham oydinlik kiritişi kerak.
EFFECT.UZ uşbu holat yuzasidan mutasaddi taşkilotlarning rasmiy munosabatini kutadi. Murojaatçi keltirgan ayblovlar hozirça uning şaxsiy bayoni bölib, ularga tegişli idoralar tomonidan huquqiy baho berilgani haqida maʼlumot taqdim etilmagan.




