Iqtisodiyot

Özbekneftegaz AQŞ kompaniyasi bilan AYOQŞlar quriş loyihasi böyiça hali yakuniy qaror qabul qilmadi

Akmal Eshonxonov13 ko'rishlar
Özbekneftegaz AQŞ kompaniyasi bilan AYOQŞlar quriş loyihasi böyiça hali yakuniy qaror qabul qilmadi

Ötgan yili «Özbekneftegaz» AQŞning gaz kompaniyasi bilan Özbekiston böylab qariyb 100 million dollarlik yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğini taşkil etiş böyiça memorandum imzolagani xabar qilingan edi.

Loyiha taqdiri haqidagi savolga «Özbekneftegaz» vakili aniq quriliş sanasi hozirça belgilanmaganini maʼlum qildi.

Uning aytişiça, hamkorlik doirasida asosiy vazifa AQŞ kompaniyasiga Özbekistonda istiqbolli hududlarni aniqlaş va loyihani amalga oşirişda kömaklaşişdan iborat bölgan.

«Ular Özbekistonda istiqbolli joylarni belgilab, gavjum hududlar, katta yöllar yoqasida AYOQŞ oçiş masalasini qöygan. Bu böyiça örganişlar olib borildi, barça hujjatlar yiğildi», — dedi «Özbekneftegaz» vakili.

Ayni paytda xorijiy hamkor tomonidan loyihaning iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy hisob-kitoblari örganilmoqda.

Yakuniy qaror qabul qilinganidan keyingina keyingi bosqiçga ötiş masalasi hal etiladi.

Örganişlar respublika böylab olib borilgan. Xususan, barça viloyatlardagi yirik trassalar va avtomobillar qatnovi yuqori bölgan yöllar böylari tahlil qilingan. Biroq hozirça qaysi hududlarda AYOQŞlar qurilişi aniq belgilangani haqida maʼlumot yöq.

«Aynan mana şu yerda böladi, deb aytişga hali erta», — dedi kompaniya vakili.

Uning taʼkidlaşiça, qaror qabul qilişda hududlardagi avtomobillar qatnovi, mavjud AYOQŞlar soni, elektromobillar uluşi va yoqilğiga bölgan içki talab kabi omillar hisobga olinadi.

Şundan söng xorijiy hamkor qaysi hududda yangi AYOQŞ quriş iqtisodiy jihatdan özini oqlaşini baholaydi.

SANEG litsenziyalari böyiça «Özbekneftegaz» maʼlumot bermadi

Suhbat davomida SANEG kompaniyasining Özbekistondagi neft konlari böyiça litsenziyalari bekor qilingani haqida ham savol berildi. «Özbekneftegaz» vakili bu masala kompaniya vakolatiga kirmasligini bildirdi.

Uning sözlariga köra, SANEG alohida taşkilot bölib, mazkur masala böyiça «Özbekneftegaz» bilan hamkorlik yoki böysunuv munosabatlari mavjud emas.

«Bu maʼlumot Davaktiv tomonidan eʼlon qilindi. Bu böyiça özlaridan söraganingiz töğriroq böladi, çuqurroq maʼlumotga ega bölardingiz», — dedi u.

Şuningdek, «Özbekneftegaz» vakiliga köra, SANEG bilan boğliq litsenziyalar masalasida kompaniyaga ham qöşimça maʼlumot berilmagan.

«Bizga heç qanday fond yoki bir uluşi bizga ötgani yöq», — deya qöşimça qildi u.

Şunday qilib, hozirça AQŞ kompaniyasi bilan rejalaştirilgan AYOQŞlar tarmoği böyiça aniq quriliş manzillari va muddatlari belgilanmagan. Loyiha böyiça qaror xorijiy hamkorning iqtisodiy hisob-kitoblari yakunlanganidan keyin qabul qilinişi kutilmoqda.

SANEG litsenziyalarining bekor qilinişi sabablari va kompaniyaning keyingi maqomi böyiça esa töliq maʼlumotni Davlat aktivlarini boşqariş агентлигидан oliş mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekneftegaz AQŞ kompaniyasi bilan AYOQŞlar quriş loyihasi böyiça hali yakuniy qaror qabul qilmadi | Effect.uz