⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Iqtisodiyot

1-martdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgardi?

Administrator4 soat oldin52 ko'rishlar
1-martdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgardi?

▪️ Ogʻir toifadagi tumanlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi ajratiladigan kreditlar foizi yillik 12 foizgacha pasaytirildi;

▪️ Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda quyidagi qonunbuzilish holatlari ballarni kamaytiruvchi qoʻshimcha mezon sifatida belgilandi:

➖ tasdiqlangan norasmiy bandlik holatlari;

➖ xodimlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan past oylik ish haqlarining hisoblanishi.

▪️ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar boʻyicha muammoli qarzdorlikni undirgan hokim yordamchilariga bonus berish tizimi yaratildi;

▪️ “Mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalarning uylari energiya tejamkor qilib taʼmirlanadi;

▪️ Elektromobilda taksi xizmati koʻrsatuvchi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar ijtimoiy soliqni toʻlashda 30 foizgacha chegirma oladi, ayeroport va vokzal avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi;

▪️ Davlat xizmatiga ishga kirishda (tanlovlarda) test natijalari bir yilgacha amal qiladi. Davlat fuqarolik xizmatida mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “vacancy.gov.uz” elektron platformasida eʼlon qilinadi.

Ulashish:

1-martdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgardi? | Effect.uz