Paxta terimida foydalanilayotgan texnikalarning iş unumdorligi va terim jarayonidagi samaradorligi böyiça John Deere 9970 hamda CP570 modellari qiyosiy tahlil qilindi.
Tahlilda maşinalarning iş unumdorligi, terim samaradorligi, paxtani tuşiriş, taşiş va saqlaş jarayonlari asosiy mezon sifatida olingan.
Maʼlumotlarga köra, 9970 paxta teriş maşinasi soatiga örtaça 1 gektar maydonni terişi mumkin. CP570da bu körsatkiç 2 gektarni taşkil etadi.

10 soatlik iş kuni hisobida 9970 maşinasi 10 gektar maydondan taxminan 25 tonna paxta tersa, CP570 20 gektardan 50 tonnagaça paxta terişi körsatilgan. Ikki maşina uçun ham taqqoslaşda maydonning örtaça hosildorligi 2,5 tonna/gektar deb olingan.
Şuningdek, 30 kunlik optimal terim davrida 9970 modeli 300 gektar maydondan 750 tonna, CP570 esa 600 gektardan 1500 tonna paxta terişi mumkinligi keltirilgan. Hujjatda CP570 bir xil vaqt içida 9970ga nisbatan maydonni ikki barobar tezroq teriş imkoniyatiga ega ekani qayd etilgan.
Terim moslamalari böyiça ham farq mavjud. 9970 modelida jami 1728 ta şpindel bölsa, CP570da bu körsatkiç 2240 tani taşkil etadi. Tahlilda CP570ning terim salohiyati yuqori va yöqotişlar minimal darajada ekani taʼkidlangan.
Paxtani tuşiriş jarayonida ham ikki model örtasida farq bor. 9970da savat tölganda maşina töxtatilib, paxtani tuşiriş talab etiladi. Hujjatda har bir bunday töxtaş kamida 15–20 daqiqa davom etişi qayd etilgan. CP570da esa paxta rulonlari terim jarayonida şakllantirilib, maşina harakatini töxtatmasdan tuşiriladi.
Logistika va saqlaş nuqtai nazaridan ham CP570ning ustun jihatlari keltirilgan. 9970 bilan işlaşda har bir paxta teriş maşinasi uçun 4–6 nafargaça işçi kuçi talab qilinişi, CP570da esa 1 operator va 1 traktor haydovçisi — jami 2 nafar xodim körsatilgan.
Hujjatda CP570da şakllantirilgan paxta rulonlarini taşiş va saqlaş jarayoni ham resurslarni tejaş imkonini berişi qayd etilgan.
Taqdim etilgan tahlilga köra, CP570 iş unumdorligi, terim hajmi, töxtovsiz işlaş va logistika jarayonlarida 9970 modelidan yuqori körsatkiçlarni namoyon qiladi.




