⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston ilk bor “Cosmoprof Bologna” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etdi

Abror Eshonxonov5 soat oldin4 ko'rishlar
Oʻzbekiston ilk bor “Cosmoprof Bologna” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etdi

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda “Pharm Service” DM tashabbusi bilan 2026-yil 26–29-mart kunlari Italiyaning Bolonya shahrida oʻtkazilayotgan Cosmoprof Bologna koʻrgazmasida Markaziy Osiyo davlatlari ichida Oʻzbekiston ilk bor milliy stend bilan ishtirok etmoqda.

“Made in Uzbekistan” stendi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kosmetika va parfyumeriya mahsulotlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etmoqda.

Cosmoprof Bologna koʻrgazmasi goʻzallik sanoati boʻyicha dunyodagi eng yirik xalqaro B2B platformalardan biri hisoblanadi.

Har yili unda 150 dan ortiq mamlakatlardan ishtirokchilar, 3 mingdan ziyod kompaniya va brendlar hamda 250 mingdan ortiq soha mutaxassislari qatnashadi.

Cosmoprof Bologna global trendlar shakllanadigan, innovatsion mahsulotlar ilk bor taqdim etiladigan hamda xalqaro hamkorlik va shartnomalar yoʻlga qoʻyiladigan muhim maydon sifatida eʼtirof etilgan.

Koʻrgazma doirasida ishlab chiqarish va texnologiyalar (Cosmopack), parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari (Cosmo Perfumery & Cosmetics), hamda professional goʻzallik xizmatlari (Cosmo Hair, Nail & Beauty Salon) kabi asosiy yoʻnalishlar qamrab olingan.

Milliy stend doirasida mahalliy “Ozwell”, “Beun Cosmetics” va “Seven Saber” brendlari oʻz mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ushbu kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar xalqaro bozor ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.

Mazkur ishtirok mamlakatimiz kosmetika sanoatining ishlab chiqarish va ilmiy salohiyatini namoyish etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va “Uzbekistan” brendini xalqaro maydonda mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Oʻzbekiston ilk bor “Cosmoprof Bologna” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etdi | Effect.uz