Qorong‘i rejim
Özbekiston

Özbekistonning uç hududida yirik miqdorda giyohvandlik moddalari musodara qilindi

Akmal Eshonxonov33 ko'rishlar
Özbekistonning uç hududida yirik miqdorda giyohvandlik moddalari musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasi bilan boğliq holatlar aniqlandi. Holatlar böyiça bir neça şaxs uşlanib, jinoyat işlari qözğatildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining maʼlum qilişiça, mamlakat böylab ötkazilayotgan «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari davomida qator qonunbuzarliklar foş etilgan.

Jumladan, Samarqand viloyatida DXX viloyat boşqarmasi, bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligidagi tadbirda Urgut tumanida yaşovçi, 1987 va 1994-yillarda tuğilgan ikki şaxs uşlangan. Ular 1 kilogramm 950 gramm opiyni şartli xaridorga 36 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda qölga olingan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, mazkur modda mamlakatga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.

Xorazm viloyatida esa 1999-yilda tuğilgan şaxs Urganç tumanida vaqtinça yaşab turgan xonadonidan çiqayotganida töxtatilgan. Şu vaqtda uning yaqin tanişi bölgan ayol xonadon derazasidan taşqariga sellofan paket taşlagan.

Xolislar iştirokida ötkazilgan közdan keçirişda paketdan 715 gramm gaşiş, 0,92 gramm mefedron hamda tarkibida pregabalin kuçli taʼsir qiluvçi moddasi bölgan «PGN 300» nomli 23 dona dori vositasi topilgan.

Qaşqadaryo viloyatidagi «Umakay» yöl-patrul xizmati maskanida Surxondaryodan Toşkentga harakatlanayotgan Cobalt avtomobili töxtatilib tekşirilgan. Avtomobil yölovçisi — Denov tumanida yaşovçi, 1996-yilda tuğilgan şaxsning yonidan 327 gramm opiy va 127 gramm gaşiş aniqlangan.

DXX maʼlumotiga köra, Qaşqadaryoda aniqlangan giyohvandlik moddalari ham Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan bölişi mumkin.

Barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolarni giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqatilişi bilan boğliq şubhali holatlar haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Xabar beruvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonning uç hududida yirik miqdorda giyohvandlik moddalari musodara qilindi | Effect.uz