Qorong‘i rejim
Özbekiston

Toşkentdagi noqonuniy qurilişlar va fuqarolar huquqlari masalasi kötarildi

Akmal Eshonxonov37 ko'rishlar

Toşkent şahridagi ayrim quriliş loyihalari, fuqarolarning uy-joyga bölgan huquqlari hamda nazorat organlari faoliyati yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi.

Çiqişda ayrim hududlarda fuqarolar istiqomat qilib kelgan uy-joylar buzilgani, aholini köçiriş jarayonlarida Majburiy ijro byurosi, Milliy gvardiya va içki işlar organlari xodimlari iştirok etgani taʼkidlandi. Bunda fuqarolarning huquq va manfaatlariga rioya etilişi masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, şahar markazidagi beton zavodi faoliyati, uning ekologik talablarga muvofiqligi va tegişli nazorat organlari tomonidan amalga oşirilgan tekşiruvlar yuzasidan savollar örtaga taşlandi. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularning oldini oliş va bartaraf etiş böyiça qanday çoralar körilgani söraldi.

Çiqişda Toşkent şahrida 45 ta noqonuniy quriliş mavjudligi haqida ham maʼlumot keltirildi. Ularning orasida yirik tadbirkorlar iştirokidagi loyihalar ham borligi aytildi. Jumladan, «Toşkent Siti» hududidagi ayrim obyektlarda kadastr hujjatlari rasmiylaştirilmagani oqibatida uy-joy xaridorlari muammolarga duç kelayotgani taʼkidlandi.

«Umid Avtodizayn» va «Kredit Xaus» kabi kompaniyalar bilan boğliq holatlar ham tilga olinib, ayrim quriliş loyihalari böyiça fuqarolar murojaatlari va masʼul idoralar munosabatining samaradorligi tanqid qilindi.

Qayd etilişiça, ayrim hollarda masʼul taşkilotlar fuqarolarning yakka tartibdagi murojaatlariga öz vaqtida yetarli eʼtibor qaratmayapti. Natijada muammolar ommaviy norozilik darajasiga yetganidan keyingina ularga munosabat bildirilmoqda.

Çiqiş muallifi nazorat organlari qoidabuzarliklarni öz vaqtida aniqlaşi, fuqarolarning huquqlarini himoya qilişi va quriliş sohasidagi muammolarga keçiktirmasdan çora körişi zarurligini taʼkidladi.

Hozirça keltirilgan holatlar yuzasidan masʼul idoralarning rasmiy munosabati taqdim etilmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentdagi noqonuniy qurilişlar va fuqarolar huquqlari masalasi kötarildi | Effect.uz