Prezident Şavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Toşkentdan Parkent tumaniga elektropoyezdda bordi. Yangi yönaliş poytaxt va tuman örtasidagi transport aloqalarini yaxşilaş, yölovçilar uçun qulay va arzon qatnovni taʼminlaşga qaratilgan.
Loyiha doirasida 535,4 milliard söm evaziga 24 kilometrlik Boytqörğon – Parkent elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi qurildi. Unda yangi bekat, uçta köprik, avtomobil yöl ötkazgiçi, 77 ta suv ötkaziş inşooti hamda 16 ta avtomobil va temir yöl kesişmasi barpo etildi. Natijada 40 ta yangi iş örni yaratildi.
Umumiy masofasi 57,6 kilometr bölgan yönalişda olti vagonli, 586 nafar yölovçiga möljallangan zamonaviy elektropoyezd harakatlanmoqda. U Toşkentdan Parkentgaça bölgan masofani 1 soat 13 daqiqada bosib ötadi. Yöl haqi 10 ming söm etib belgilangan.
Yangi yönalişda kuniga 2 ming nafargaça, yiliga esa 300 ming nafar yölovçi taşiş imkoniyati mavjud. Poyezd bepul Wi-Fi, USB quvvatlaş nuqtalari, iqlim nazorati tizimi va nogironligi bölgan şaxslar uçun moslaştirilgan şaroitlar bilan jihozlangan.
Davlat rahbari Parkent vokzali bilan tanişib, temir yöl infratuzilmasini takomillaştiriş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş va vokzal atrofini obodonlaştiriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.



